Asosiy mavzular
27 yanvar 2023

Shavkat Mirziyoev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 yanvar kuni rafiqasi bilan birga davlat tashrifi yuzasidan Bishkek shahriga keldi. Qayd etilishicha, ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Manas» xalqaro aeroportida mehmonlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

U erda davlat rahbarlariga O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni aks ettiruvchi musiqiy-folklor chiqishlar namoyish etildi. So‘ng Sh.Mirziyoev Qirg‘iziston bosh vaziri A.Japarov hamrohligida «Ata-Beyit» milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari 1916 yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan «Urkun» yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.

Majmua 2000 yilda qirg‘iz davlatchiligining eng muhim bosqichlari haqidagi tarixiy xotirani tiklash va asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan. Qirg‘iz xalqining ulug‘ yozuvchisi Chingiz Aytmatov taklifi bilan yodgorlikka «Ata-Beyit» — «Otalar qabri» degan nom berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi arafasida ikki davlat o‘rtasida Jalolobod viloyatida Qambarota-1 GES qurilishi bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, qurilish bo‘yicha asosiy uch tomonlama bitim bo‘yicha kelishuv fevral oyida bo‘lishi kutilmoqda va iyul oyida imzolanishi mumkin.

Qambarota GES bo‘yicha loyiha ofisining ochilishi joriy yilning sentyabr oyida, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish ishlari esa 2024 yil iyul oyida boshlanishi kutilmoqda. Loyihaning aniq miqdori ana shu texnik-iqtisodiy asoslash natijalari asosida aniqlanadi.

Bundan tashqari, davlat Rahbari tashrifi arafasida 26 yanvar kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston-Qirg‘izston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat hukumatlari a'zolari, tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari, hududiy ma'muriyatlar rahbarlari, ishbilarmon doiralarining 350 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Ta'kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 yilda 7 barobarga oshib, 2022 yilda 1,2 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qirg‘iziston iqtisodiyotlari yaqin kelajakda 2 milliard dollarlik marradan oshish uchun yetarli salohiyatga ega ekani qayd etildi. 

Forumda 300,3 million dollarlik investitsiya, 1,15 milliard dollarlik eksport, 223 million dollarlik import shartnomalari imzolandi.

Tag‘in o‘qing
7 aprel 2016
2005 yilning may oyidagi Andijon shahrida yuz bergan voqealar xaqida xikoya qiluvchi “Sotqin” filmi shu kunlarda Jizzax viloyatida keng ...
4 dekabr 2020
Har juma yaqinlashgani sari ichimda bir orziqish his qilaman. Uzoq safardan uyga qaytgan odam o‘z yaqinlariga safar taassurotlarini aytib ...
10 fevral 2021
AQShning navbatdagi 46-prezidenti ham yana o‘sha qarorgoh – Oq uyga ko‘chib o‘tdi. O‘zbekistonda esa prezidentning uchta qarorgohi bor – Oqsaroy, ...
9 aprel 2020
Joriy yilning 6 aprelidan koronavirus tarqalishiga qarshi karantin tadbiri doirasida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida velosipedda harakatlanish ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...