Asosiy mavzular
12 aprel 2023

Yulg‘ich bankomat, asakalik daraxtkesar va Istanbulda kaltaklab ketilgan o‘zbek – EP69

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Xorazm viloyatining Shovot, Jizzax viloyatining do‘stlik, Andijon viloyatining Asaka tumani shuningdek Turkiyaning Istanbul viloyatidan kelgan. Sizga o‘qib eshittirmoqchi bo‘lganimiz dastlabki maktub Xorazmning tumanidan. Unga video ilova qilingan. Shikoyat rasvo xolga kelib qolgan piyodalar yo‘lakchasi yuzasidan.

«Xorazm viloyati Shovot tumani bozori yaqinidagi Komiljon Otaniyozov markaziy ko‘chasining piyodalar yo‘lagi bir necha yildan beri  abgor, rasvo ahvolda, piyodalar yurishi uchun juda noqulay hisoblanadi. Nogiron insonlar esa umuman harakatlana olmaydi.

Katta rahbarlarning o‘zlari kelib piyoda yurib ko‘rishini taklif qilaman!» deydi maktub egasi:

Keyingi videomurojaatni Istanbulda o‘g‘li o‘zbekistondagi tanishi tomonidan kaltaklab ketilgan onaxon yo‘llagan. U aybdorlar va buyurtmachi jazolanishini talab qilmoqda.

Keyingi shikoyatni Jizax viloyatidan yo‘llashgan. Jizzax turg‘uni do‘stlik tumani «Agrobank» filialining yarim tunda ham ishlaytganini iddao qilmoqda.

«Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Agrobank” filiali soat 23:40 da ham ishlamoqda. 30 mart kungi holat. Mashinalar deyarli hammasi bank xodimlariniki. Mehnat qonunchiligiga nega rioya etilmayapti?» deya savol qo‘yadi tunda fotosuratlar olgan Jizzax turg‘uni. 

Keyingi maktub Andijonning Asaka tumanidan. Gap yana daraxtkesarlar haqida bormoqda  

«Andijon viloyati Asaka tumanidan murojaat yo‘llamoqdamiz. Asakada bittagina o‘rmon bor edi. Shuni ham ko‘p ko‘rishyapti. Zich o‘rmonning daraxtlari avval kesilgan edi. Ayni kunlarda ham daraxtlar kesilmoqda. O‘rniga palma ekilar ekan» deydi Asakadagi daraxtlar himoyachisi.

Navbatdagi maktub nosoz bankomat haqida. Surxondaryoning Angor tumanidan murojaat qilishgan.

«Surxondaryo viloyati Angor tumanidan yozyapman. 30 mart kuni soat 17.09 larda Marks chorrahasidagi, “Agrobank”ka tegishli bankomatdan pul yechmoqchi bo‘lib, plastikni tiqdim. Bankomat pul yechib oldi-yu, lekin pulni chiqarmadi. Bank vakillari tekshirib, pulni bir kunda plastik kartangizga qayta tashlab beramiz deyishdi. Ammo tashlab berishmadi. Men u pulga saharlik va iftorlikka bozor qilmoqchi edim. Men birovning emas, o‘z haqqimni so‘rayapman-ku. Pulimni qaytarishlarini so‘rayman».

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

@eltuz

Tag‘in o‘qing
8 sentyabr 2018
Britaniyaning «Gardian» (the Gardian) gazetasi dunyodagi eng yaxshi ko‘cha ovqatlari ro‘yxatini e'lon qildi. Gazetxonlarning gastronomik ta'biga ko‘ra, o‘zbek palovi ...
8 mart 2016
O‘zbekistonda chiqayotgan gazetalar sahifasiga «yuksak islohotlar samarasi» sifatida onalar o‘limi kamaygani, kollej bitiruvchilarining uy ishlariga «band» qilinayotgani, o‘zbek hukumatining ...
20 mart 2023
Ustoz rassom Vyacheslav aka Oxunov Toshkentdan Amerikaga yetib keldi. Nyu-York janubiy sharqida joylashgan Kuins mahallasidagi Kennedi aeroporti devoriga ishlangan ...
7 aprel 2015
Qudrat Bobojon Biz har kuni xabarlar olamiz, mamlakatda kun sayin demokratiya zaiflashayotgani, diktatura kuchayib borayotgani haqida.  Ehtimol, oddiy avom ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...