Catira
22 may 2023

Rassom Tuz: Adabiyot universiteti nadur?

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich «o‘z atrofiga qarindosh urug‘ini yig‘ib, kamida bir nechta podstavnoy firma ochib, kontrakt pullarini ularga kachat qilarkan. Tipa tender-mender otkat». 

Eltuzga kelib tushgan bu shikoyatni yozgan arizachining o‘zi bilan shaxsan bog‘landik. 

Yuzini ko‘rdik, videoni yoqib, propiskasi va pasport danniylarini oldik. (qoida shunaqa. Anonim bilan ishlamaymiz) Shundan keyin u kishiga qarab, yozganlaringizni yana tasdiqlaysizmi, deb so‘radik.

Arizachi bu universitetda o‘qitish va o‘qishdan boshqa «lyabaya biznes xorosha» degan fikrda sobit. 

«Xullas, 4-5 ta firma hammasi Universitet glavniy bugalterining qarindosh-urug‘i nomiga ochilgan. Agar tekshirsa, o‘sha tenderda qatnashgan va yutgan, doimiy yutib yurgan firmalar hammasi o‘shalarniki ekan. Tenderniyam yutib beruvchisi bor. Remont va jihozga deb, pul chiqarishib olishadi, yashshamagurlar. Otkat qiladi polniy»

Yana bir iddao: «O‘g‘li Shohrux Sirojiddinov shu yil shu universitet doktoranturasini bitirdi. Adabiyot bo‘yicha. Abdug‘ani Nasriddinov, ya'ni rektorning sobiq yordamchisi Alisher Navoiy universitetida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i qilib tayinlanibdi.» 

(Nepotizmga qarshi bo‘lim boshlig‘i bo‘lsa yanayam mos tushardi.) 

Rektorning o‘g‘li 50% ulushdor,  Abdug‘ani – 25%, Nurbek degan zamdekan – 25 %.

Arizachining yana iddao qilishicha, may oyida litsenziya olib ochilgan yangi universitet ta'sischilarining yarmi rektorning «jigarlari», yarmi ya'ni ulushning – 50 % foizi uning o‘g‘liga tegishli. 

«O‘g‘li eshakmiyadek darajada tuppoy», deydi arizachi. 

Ammo bu iddao sal bo‘rttirilgan, chunki eshshaklar miyasi ancha rivojlangan. Eltuz arizachi iddaosida eshshaklar haqorat qilingan, deb biladi. 

«Qanday qilib amaldagi rektorning o‘g‘li universitet ochadi, oddiy o‘qituvchi bo‘lsa?» deb so‘raydi o‘z maktubida arizachi.

Shikoyatchi iddaosiga ko‘ra, «Shuhrat Samariddinovich 7 yilda universitetni yeb bitirgan. Hatto devorlar kemirib tashlangan»

Yana bir iddao esa – boshqaruv menedjmenti ogorodiga tosh. 

«Faqat sodiq qullar va o‘ziga yaloqilarni olib qolgan. Rektorjonim, rektorjonim, deya oyog‘ini yalashga tayyor, ammo yer yumaloqligini bilmaydigan darajada savodsiz tipni dekan qilib qo‘ygan. Butun tizimda laganbardor yugurdaklar yurishibdi tirjayishib,» deydi ariza yozg‘uchi mardum. 

Bu institut xodimlariga «Adabiyot nedur?» deb savol bersangiz, tushunmaydi. Ammo «Adabiyot universiteti nedir?» degan savolga javoblari tayyor: «Bu pul ajriqlarini o‘radirg‘on o‘roqdir»

Mosholloh. Alxamdillox. Tangri yorlaqasin. O‘qishga biznes deb qarashning yomon tarafi yo‘q. Kim ujin abersa, o‘sha bilan tantsa qiladi, anavi go‘zal qiz – bu o‘ris maqoli. «Kto devushku ujinaet, tot yeyo i tantsuet….» (Maqolam o‘lsin har joyga suqilmay) 

Ammo o‘qish biznesi degan narsada «o‘qish» degani ham bor. U qanday? 

«Eski qobiqqa o‘ralib qolgan. Til islohotini amalga oshirisha olishmadi. O‘zbek tili bo‘yicha bitta lotin yozuvini yo‘lga qo‘ya olishmadi. Chunki butun fikr xayol universitetni yeb bitirish»

Arizachiga savol berdik. «Adabiyot universitetining yeyiladigan yana nimasi qoldi?» 

Savol ritorik bo‘g‘ani uchun javob ritorik sukutdan iborat bo‘ldi.

Endi yana bir gap. Jurnalistik aqida bu ikki kishining arra tortishiga o‘xshaydi. Sen u yoqqa tortasan, men – bu yoqqa. Asnoda to‘nka ikkiga ayriladi. Shu aqidaga ko‘ra, bu barcha yozganlarimiz – arizachining iddaosi. Uning gapi. Uning diydiyosi. 

«Yo‘q unday emas, mana bunday» deyishga orzumandlar bo‘lsa Eltuz ularga ham minbarning to‘rini beradi. Marhamat rad qilsin. Rektor orzu buyurib, gapiraman desa, bosh ustiga. 

«O‘g‘lim 50 foiz do‘lyada emas», desin. Agar deya olsa… Bemalol. 

(Rasmda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich o‘tkir nigoh bilan bizga qarab turibdi)

Shu yerda to‘xtab tin olay. Alisher Navoiyning bir gaplari bor. 

Nima devdilara bobomiz?

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
21 iyun 2018
Besh yil xalq ta'limi vaziri bo‘lgan Ulug‘bek Inoyatov 20 iyun kuni ishdan olindi. O‘rniga Innovatsion rivojlanish vazirligi mulozimi Sherzod ...
29 avgust 2016
O‘zbekiston tarixida ilk bora Vazirlar mahkamasi mamlakat rahbarining sog‘ligi haqida chiqargan bayonot ortidan O‘zbeknavo litsenziyasi bilan faoliyat yuritayotgan artistlardan ...
19 sentyabr 2015
Agar chindan ham yurtni sevsangiz nega yurtda bo‘layotgan adolatsizliklarga qarshi turmaysiz? Yoki sizningcha yoshu-qarini majburan paxta dalalariga haydash adolatdanmi? ...
23 sentyabr 2020
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov uch oy oldin yangi partiya tuzish payiga tushgandan buyon unga ko‘rinmas kuchlar tomonidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...