UzPoster
18 sentyabr 2023

Nevzorov Qozog‘istonning aksilrossiya qarashlari haqida

Qozog‘iston asta-sekin, lekin muttasil Rossiyadan uzoqlashmoqda. U yerda ruslarga qarshi kayfiyat har soatda aniqroq va yaqqolroq kuchaymoqda, deya yozdi taniqli rus blogeri Nevzorov o‘zining telegram sahifasida.

Uning fikrlariga ko‘ra, Rossiya ommaviy axborot vositalari TsRU va YuSAID kabi idoralarning «rusofobiyani qo‘zg‘atuvchi» chirkin, ammo muvaffaqiyatli hiylalari haqida tinimsiz vaysamoqda. 

Haqiqatda esa, neytral mamlakatlardagi «rusofobiya» jarayoni mutlaqo tabiiy va sog‘lomdir. Chunki Rossiya aql bovar qilmaydigan darajada sadizm, ahmoqlik va aqlsizlik namunasini ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, nihoyat Rossiyaning ichki yoki tashqi siyosatda faqat sadizm, tubanlik va takabburlikdan boshqa biror ustivor g‘oyasi ham yo‘qligi aniq bo‘lib qoldi.

Nevzorovning yozishicha, u yaqin qo‘shnilar uchun ham, uzoqdagilar va butun insoniyat uchun bir hilda xavflidir.

Putinning tuturuqsiz urushi tufayli uning butun mohiyati bugungi kunda «kaftiday» ayon bo‘lib qoldi.

Rus irqchiligi fosh bo‘ldi va rus dunyosining butun «shonu-shavkati» nimadan iboratligi namoyon bo‘ldi.

Rossiyaning qonxo‘rligi va yolg‘onchiligi dunyoga oshkor bo‘ldi va umuman buni hamma bildi.

Bunday vaziyatda o‘z ommaviy axborot vositalarining «Markaziy razvedka boshqarmasi hiylalari» haqidagi abadiy nolasi ayniqsa kulgili ko‘rinadi, deya yozdi taniqli rus blogeri.

Rossiya o‘zini o‘zi hammaga qo‘rqinchli va yakkamoxov qildi va dunyo oldida boshqa biror tanlov qoldirmadi. Endi u muqarrar tarzda bu ko‘rgilikni ayni ko‘rinishda qabul qilishi yoki bunga qarshi turishi kerak.

Ta'sirchan va g‘azabnok Qozog‘iston o‘zining barcha hadiklarida mutlaqo haqlidir deya yozdi Nevzorov.

Qozog‘iston bandan sal ilgari o‘zining rusparast konsulini chaqirib olgan, mamlakatda rossiyaparast Leps kontsertini bekor qilgan, yaqinda esa donbassda, bosqinchi askarlar oldida chiqish qilib, urushni qo‘llagan “Kamizyaki”ning Qozog‘istondagi kontserti bekor qilingan edi.

Tag‘in o‘qing
25 may 2022
«Eltuz» nashrida chop etilgan “Namangan soliq tizimidagi naxanglar” maqolalari ortidan, nihoyat Namangan viloyat soliq idorasidagi «vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan». ...
11 fevral 2022
Aziz va mukarram, har biri duru javohirlar kabi qadrlilarim. Mabodo xafa bo‘lib, g‘am-g‘ussaga botgan, ishingiz yurishmagan bo‘lsa, boshlagan ishingizdan ...
26 aprel 2022
Jahon banki loyihalarida ishtirok etish huquqidan kamida to‘rt yil muddatga mahrum etilgan bu shaxs O‘zbekistondagi keng doiralarda unchalik mashhur ...
18 yanvar 2018
18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lida yonib ketgan eski «Ikarus» avtobusida 52 nafar o‘zbekistonlikning halok bo‘lishi ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...