Asosiy mavzular
14 oktyabr 2023

Sassiq axlat, Rossiyada ushlangan o‘zbeklar va majburiy paxta terimi

Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan va Rossiyaning Tatariston Respublikasi turmasidan kelgan. Dastlabki shikoyat Farg‘onadan. Yoshlar agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi yoshlar yetakchilarini dam olish kunlari majburiy paxta terimiga chiqarmoqda.

“Farg‘onadan yozyapmiz. Yoshlar agentligi Farg‘ona shahri bo‘limi rahbari yoshlar yetakchilarini dam olish kunlari majburan paxta terimiga chiqaryapti. O‘qituvchilar o‘rniga yetakchilar qoldimi? Holatni nazoratga olishlarini so‘raymiz” deya shikoyat qilmoqda Farg‘ona shahar yoshlari yetakchilari.

Keying murojaat Rossiyaning Tatariston respublikasidan. Bir guruh o‘zbek migrantlari uch oydan buyon Rossiya qamog‘ida ushlab turilgani. Noto‘g‘ri hujjatlarga imzo chekdirib, aeroportdan ushlab olib ketishganini iddao qilishmoqda.

“Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasidan murojaat qilyapmiz. Uyga ketayotganimizda aeroportda ushlab qamab qo‘yishdi. Noto‘g‘ri hujjatlarga qo‘l qo‘ydirishdi. Dastlab olib kelganda, ertaroq chiqish uchun armiyaga borsang bo‘ladi deb taklif qilgan edi. Biz rozi bo‘lmadik. Uch oydan beri qo‘yib yuborishmayapti. Nima qilishmoqchi ekanini ham aytishmaydi. Vakolatli idoralardan yordam so‘rab qolamiz…” deya yozishmoqda Rossiya turmasida hibsda qolayotgan o‘zbek migrantlari. Ular murojaatlariga audiofayl ham ilova qilishgan.

Keyingi maktubni andijonlik Asakabank mijozi yo‘llamoqda. “Asakabank” bizdan olgan ortiqcha pulni qaytarib bermayapti” deya iddao qilmoqd u.

“Men – Hayotullo Boyboev, Andijon shahri 1-tor Pillakash ko‘chasi 15-uydan murojaat yo‘llamoqdaman. “Asakabank” tadbirkorlik qilgan davrimdan mendan va onamdan ortiqcha mablag‘ olib qolgan. Markaziy bank viloyat boshqarmasi holatni tekshirib, bizga javob xati bergan. Lekin bank haligacha ortiqcha ushlangan mablag‘ni qaytarmayapti. Ushbu masalada amaliy ko‘mak so‘raymiz” deya murojat qiladi Hayotullo Boyboev.

Keyingi maktub Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan. Oltiariqlik haydovchi jamoatchilik e'tiborini bir necha yillardan beri eng ko‘p avariya sodir bo‘layotgan chorrahaga svetafor qo‘yilmaganiga qaratadi.

«Assalomu alaykum Eltuz jamoasi! Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan murojat yo‘llayapmiz. IIB vazirligi haydovchilardan har qanday usulda bo‘lsa ham jarima undirishni qoyillatadi, lekin bir necha yildan beri bitta chorrahaga svetafor qo‘yib berishda yordam bermaydi. Biz aytayotgan chorraxada har yili o‘nlab avariya sodir bo‘ladi. Tumandagi eng ko‘p avariya bo‘ladigan chorraha.» deya yozadi oltiariqlik haydovchi.

Va nihoyat so‘nggi shikoyat, Samarqand shahrining Mingtut ko‘chasasida to‘plangan axlat va chiqindilar haqida.

“Bu yerdan har kuni qariyalar, yoshlar, yosh bolakaylar o‘tishadi. O‘tayotganda badbo‘y hidiga chidab bo‘lmaydi. Mahallada va shahar hokimiyatiga qarashli Maroqand chiqindi tashish bo‘limi xodimlari hammasi ta'tilga chiqib ketganga o‘xshaydi. Nazorat qiladigan tashkilot va shaxs qolmadi. Iltimos Eltuz Portali,  bu muammoni echishda amaliy yordam ko‘rsatsalaring.» Deya yordam so‘raydi, axlat hididan bezor bo‘lgan Samarqand turg‘uni. 

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2018
2006 yil 29 aprel kuni ertalab 27 yashar huquq faoli A'zam Farmonov taksida viloyat kasalxonasi tomon ketayotganida uchta militsiya ...
23 mart 2018
Keyingi paytlarda o‘qituvchi va bog‘cha xodimlari obodonlashtirish boshqarmasining “qo‘l-oyog‘i”ga aylangan. Ko‘chalarni supurib tozalash, ko‘chatlar ekish va oqlash, yo‘l belgilarini ...
19 yanvar 2017
Istanbul Terrorga qarshi mujodala sho‘'ba mudirligida 45 soatdan beri davom etayotgan tergovda O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipovning tergovchilar savollariga bergan ...
16 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...