Catira
20 iyun 2016

«Ahmadboy” chet eldagi o‘zbek jurnalistlarni aybladi

Tovlamachilik aybi bilan xibsda qolayotgan 38 yashar Chinozlik tadbirkor Ahmadboy Tursunboevga nisbat berilgan maktub ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

«Maktubda» tadbirkor, «o‘z yurtini tashab xoin bo‘gan «mustaqil» jurnalistlar” ni aybladi. Maktub muallifi o‘zining aybsiz ekani va tuhmat qurboni bo‘lganini iddao qiladi: “Necha yildan beri ishliyman, fermerlik qilaman, yerda mehnat qilib, bug‘doy ekaman. Nimasi yomon? Foydam tegsa tegvotti, zararim hech kimga tekgani yo‘q”. (maktub orfografiyasi saqlandi).

Xalq orasida Ahmadboy deb nom chiqargan tadbirkor o‘tgan yili dabdabali sunnat to‘y qilganida tanqidlarga nishon bo‘lganidan nolidi “Ko‘rolmaganlar ko‘p. To‘y qildim – baloga qoldim. Osh berdim – rahmat eshitmadim. Lekin aniq bilaman. Man bilan ishlavotgan odamlar kam bo‘mayapti. Ular mandan rozi. Ular kuniga mani duo qiladi. Shu manga yetarli. Qogani manga qizig‘i yo‘q.”

Ayni payitda Ahmadboydan jabr ko‘rganlar uning molxonasini taloj taroj qilgani hakida videolavha e'lon qilindi.

4 yil davomida odamlar Ahmadboyga katta miqdorga pul, qoramol, avtomobil va oltin buyumlarni foiz olish uchun berib kelishgan. Uning hibsga olinishi “kreditorlar” orasida panika yaratdi. Chinoz markaziy kasalxonasida yurak huruji diagnozi bilan Ahmadboyning o‘nlab mijozlari murojaat qildi. Ahmadboyga ikkita mashinani bergan Boyovut tumani Laylakko‘l mahallasi sokini 70 yashar Berdiqul Sulaymonov 15 iyun kuni olamdan o‘tdi. Uning o‘limi Ahmadboy voqeasi bilan bog‘lanmoqda.

Ahmadboyga nisbat berilgan maktubda esa, tadbirkor odamlarni tinchlashtirishga uriniladi “Ishonmanglar kuchadagi gap-so‘zlarga. Man bilan ishlavotgan, mani shaxsan taniganlardan so‘ranglar. Ular etadi. «Axmadboy xar doyim gapiga javob bergan».

16 iyun kuni O‘zbekistondagi telekanallar Ahmadboyni uyi tintuv kilinib 7,9 million dollar va ichi oltin buyumlar bilan to‘la sumkalar musodara qilinganini ko‘rsatdi.

Chinoz «Avto Hamkor» shirkati rahbari Ahmad Tursunboev ustidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Shuningdek Tursunboev 177-modda – valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda – chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.

Eltuz.comning yangi hamkori, Kirpi tahallusi bilan ijod qilayatgan o‘zbekistonlik rassom O‘zbekistonda ulkan moliyaviy piramida yaratgan Ahmadboyyning yuqoridagi kabi iddaolariga qaramasdan o‘zbek zindonida nochor qolayotganini tasvirlaydi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 14 dekabr kuni Jizzax shahrining Bobur maxallasida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida o‘qib berilgan MXX maktubi mazmunidan ...
25 sentyabr 2015
Bugun 25 centyabr Eltuz tahririyatiga mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulova va Yelena Urlaevani ushlab ichki ishlar boshqarmasiga olib ketishgani haqida ...
31 mart 2017
Amnesty International tashkiloti 31 mart kuni «Qayda bo‘lma biz seni topamiz» deya nomlangan hisobotini chop qildi. Ayni hisobotida, inson ...
6 mart 2022
O‘zbekistonlik jurnalist Marina Kozlova o‘z saytida Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Mikola Doroshenko bilan intervyu chop etishi ortidan Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...