Catira
16 sentyabr 2022

ShHT tentaklari kemasi o‘zbek qumlog‘ida

Xitoyning demokratik o‘zgarishlar va Sharqiy Turkiston Ozodlik harakatiga qarshi kurash vositasi sifatida tuzilgan bu shubhali tashkilot keyinroq Rossiyaning imperiyachilik ambitsiyalari uchun qo‘llanila boshlagan edi.

Toshkent sammiti esa Xitoyning Markaziy Osiyo respublikalaridan gaz sotib olish “ishtahasi ochilgan” , “terror havfi” vasvasasi kuchaygan, o‘zbek va qozoq diktatorlari yoshini yashab, oshini oshab, bir oyog‘i go‘rda turgan davrga to‘g‘ri keldi.

Ilgari ShHT tuzilmasi Rossiya va Xitoy muvozanati bilan ish ko‘rishga tirishgan edi.

G‘arb sanktsiyalari ortidan Rossiya zaiflasharkan, ShHTda muvozanat og‘ib mintaqaga Xitoy hukmronligi ko‘lanka solayotgandek ko‘rinadi.

Inson huquqlari, G‘arb liberal demokratiyasi qadriyatlari va NATOga qarshi bu shubhali va shaffof bo‘lmagan tashkilotning O‘zbekistonga langar tashlagani Xitoy ekspansiyasining mashru ko‘rinishimi?

O‘zbekiston Rossiya va Xitoy orasida yo‘q bo‘lishga mahkummi? Nega uyg‘ur qardoshlarimizning istiqlol istagini yerga ko‘mgan tashkilot oldiga poyondoz to‘shalmoqda?

Rassom Kirpi “ShHTning teshik kemasini O‘zbekiston qumlari ko‘mdi” degan rasmini 2016 yili  chizgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 iyul 2017
«Mana bitta misol, ertalab men Internetni o‘zim ochib o‘qidim, buni menga hech kim bermaydi!» dedi Mirziyoev deputatlar bilan 12 ...
15 oktyabr 2015
Bundan bir qancha muddat avval Farg‘ona viloyatiga bosh vazir kelishi munosabati bilan paxta dalalarida terilgan paxta qayta chanoqlarga yopishtirib ...
30 yanvar 2017
Andijon viloyat hokimligi qaroriga ko‘ra, 1 fevraldan boshlab shaharda “Damas” rusumidagi avtomashinalar yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanmaydi. Viloyat hokimi ...
14 iyul 2017
Oshkoralik va shaffoflikni o‘ziga shior qilib olgan O‘zbekiston hukumati bug‘doy o‘rim-yig‘imi mavsumida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida ommaviy axborot vositalarida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...