«Qarshinglarda mani ko‘rasanlar!»
Sahnaga chiqish ilinjida bir vaqtlar Karimovni madh etgan xonanda, o‘z videomurojaatida endi Karimov sistemasi, shogirdlari va vazirlarini maqtab ko‘klarga ko‘tarib maqtadi.
Muxolifatga dag‘dag‘alar qilib, «Mana shu xalq bilan minnarsa qiladigan bo‘lsanglar qarshinglada mani ko‘rasanlar!» dedi.
O‘zbek hukumatiga muxolif fikrdagi bir oddiy ijodkor sifatida Adolat ham Yulduzni qarshisida ko‘rishni, savollariga javob berishini istaydi.
Og‘zini suvi oqib, «Janaza zo‘r o‘tdi, hamma havas qildi!», deyotgan Yulduz Usmonova, Karimovning o‘ligiga joy ochish uchun qabristondan xalqqa tegishli 120 ta qabr buzilgani haqida bilarmikan?
Karimov qurgan sistemani maqtayotgan xonanda, nima uchun bu sistema prezident layoqatsiz qolgan kundan boshlab senatning Konstitutsion irodasini amalga oshira olmagani, xanuz prezident vazifasini bajaruvchi shaxsning tayinlanmaganini qanday baholaydi?
Motam tugashi bilan qullarcha paxtaga bosib olib ketilayotgan xalqni, o‘zini xalqchil ko‘rsatayotgan Yulduz qanday himoya qilmoqchi?
Rassom Adolat
Eltuz.com