Catira
10 sentyabr 2016

Konstitutsion hokimiyat Shavkatning shaxsiy hojatxonasiga aylandi

O‘zbekistonda Islom Karimov o‘limidan so‘ng hokimiyatning Bosh vazir tomonidan qo‘pol tarzda uzurpatsiya qilinishi kuzatilmoqda.

O‘z mushtumzo‘rligi bilan tanilgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning qonunga xilof tarzda prezidentlik kursisisiga o‘tirishi o‘zbek ochiq jamiyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda jiddiy qoralanmoqda.

Ayni holatni eltuz.comning satira ruknida aks ettirgan rassom Tuz ta'biri bilan Mirziyoev, Konstitutsion hokimiyatni o‘z shaxsiy xojatxonasiga aylantirdi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, hokimiyat tizimlari Ijro hokimiyati, Prezidentlik hokimiyati va adliya tizimi rasmiyatchilik yuzasidan bo‘lsada, bir biridan ajratilgandir.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Shu ma'noda Bosh vazir o‘laroq ijro hokimiyati tepasida turgan Shavkat Mirziyoev, qonunchilik hokimiyati va senat vakolatini chetga surib, prezidantlik vakolatini qo‘lga kiritishi bilan O‘zbekistonda hokimiyat muvozanatini izdan chiqarishga sababchi bo‘ldi.

Konstitutsion Sud esa bu holga sukut alomati rizo degan ma'noda indamay qarab turibdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2016
Yodnomalarni shoir va yozuvchilar bitsin ekan. Chunki ularning tafakkur doirasi boshqalarnikidan ko‘ra kengroq bo‘ladi. Shu kunlarda marhum prezident Islom ...
11 iyun 2016
Garchi bu ish to‘g‘risida matbuotda kam gapirilgan bo‘lsa-da, 2013 yil oxirida xalqaro arbitraj sud Karimov hukumatidagi korruptsiya to‘g‘risida kutilmagan ...
22 dekabr 2020
Joriy yilning 15 dekabrida 35 yoshli Z.B. uch o‘g‘lini va o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtda Sirdaryo viloyati Shirin shahri ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan ...
12 iyul 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...