O‘zbek mehnat vaziri Rossiyadagi mehnatkash bilan qiziqdi
O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov 30 mart kuni Rossiyadagi ko‘pfunktsiyali migratsiya markazini borib ko‘rdi.
Aynan shu yerda Moskvada ishlashni istaydigan o‘zbek muhojirlari uchun patent rasmiylashtiriladi.
Bu yangi tarixda o‘zbek mulozimining ilk marta o‘zbek mardikorlari bilan qiziqishidir.
TIV statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston vatandoshlari Rossiyada eng ko‘p miqdordagi horijliklar sirasiga kiradi.
Mamlakatdan Rossiya hududiga ishlashga ketishlar miqdori 2016 yili 1.433.557 ga yetgan va ular shu yili O‘zbekistonga $2,741 mlrd. pul jo‘natishgan.
Taqqoslash uchun – mamlakatning paxtadan oladigan daromadi $1 mlrd.dan sal oshadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘zining Rossiyadagi mardikorlaridan eng ko‘p pulni 2013 yili olgan, bu mablag‘ – $6.689 mlrd.ga yetgan edi.
O‘sha yili O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ularni nafrat bilan dangasalar deya atagandi.
Ayni paytda, o‘zbek hukumati mehnat muhojirlari va ular bilan yuz berayotgan baxtsiz hodisalar haqidagi xabarlarga e'tibor bermay keladi.
Rassom Tuz
Eltuz.com