Catira
11 aprel 2017

O‘zbek internet nashrlari Abduxoliqov nazoratiga o‘tmoqdami?

Mart oyining oxirlarida rus tilida chiqadigan Uzmetronom sayti «ishonchlik manbalari»dan iqtibos qilib, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi UZ territoriyasidagi nashrlarni o‘z nazoratiga olayotgani haqida yozdi.

Hususiy radio va telekanallarni birlashtirgan bu assotsiatsiyaning raxbari Firdavs Abduholiqovdir.

Uni samarqandlik «mediamagnat» ham deyishadi va u ilgari Gulnora Karimova doirasiga yaqin bo‘lgan.

Maqolada tasdiqlanishicha, agar ommabop internet saytlari Abduholiqovning Assotsiatsiyasiga a'zo bo‘lishsa, u orqali raxbarlarga «hukumat va matbuot munosabatlari masalalari»ni yechish oson bo‘ladi.

Bu xabar ortidan Eltuz muxbiri O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligidagi mulozim bilan bog‘lanib masalaga oydinlik kiritdi.

Mulozimning aytishicha, internet nashrlar Abduxoliqov nazoratida bo‘lgan NAESMi tashkilotiga, rasman o‘z ixtiyorlari bilan, assotsatsiyaviy a'zo sifatida kirgan.

Ayni paytda Eltuzning o‘rganishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov UZ domeni asosida faoliyat yuritayotgan nashrlar nazoratini Firdavs Abduxoliqovga topshirgan. Bu nashrlar ixtiyoriy-majburiy formatda NAESMIga a'zo qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Firdavs Abduholiqov mamlakatdagi bir qator nashr uylari va ommaviy axborot vositalari, jumladan Samarqanddagi STV telekanali, «Darakchi» va «So‘g‘diyona» nashrlari egasidir.

1992-1995 yillarda O‘zbekistonda nodavlat telekanal va gazeta ochish bilan birga 2004 yildan buyon mamlakatdagi 60 dan ortiq axborot vositasini birlashtirgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.

Bundan tashqari, keyingi yillarda u O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova yetakchiligidagi FondForum tashkiloti tadbirlarida ham faol ishtirok etayotgan amaldorlardan biri sifatida ko‘zga tashlangan edi.

Gulnora Karimova inqirozga uchragan 2013 yili prokuratura tarafidan so‘roq qilinib, unga oid «Darakchi» gazetasi yopib qo‘yilgan, Abduxoliqov 2014 yil bahoridan boshlab o‘z mavqeini qayta tiklagan edi.

NAYeSMI kanallari o‘zbek rejimi uchun istalmagan arboblar hisoblangan Muhammad Solih, Obid Qori, Alisher Soipovlar haqida va “Ozodlik” jurnalistlariga tahdid qilingan ko‘rsatuvlar va huquq faollariga qarshi MXX tayyorlagan ko‘rsatuvlarni efirga berib kelgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 avgust 2018
Muhammad Bekjon 2000 yilning 29 noyabrida O‘zbekistonning eng katta qamoqxonasi hisoblangan Navoiy zonasiga etap qilinadi. Tag‘in karantin, lomka, turma ...
20 dekabr 2020
Biz ayollarda o‘z «men»ini erkak fikri, mavqei bilan tasdiqlatib olish instinkti bor ekan, buni hozir o‘ylab qoldim. Aslida bu ...
10 mart 2023
Germaniyadagi YUZUK tashkiloti taniqli o‘zbek rassomi  Vyacheslav Oxunovni nemis jamoatchiligi va Germaniyadagi o‘zbek diplomatlariga taqdim qildi.  Vyacheslav Oxunov rassom, ...
10 fevral 2020
Qozog‘istonning Jambul viloyatida 7 fevral kuni yuz bergan ​etnik mojaroda 10 kishi o‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...