Catira
18 aprel 2017

Mirziyoev ikki haftada 16 mulozimni ishdan oldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga borganida Bulung‘ur va Nurobod tumanlari hokimlari, tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarini ishdan bo‘shatdi.

Bundan oldin Mirziyoev Chilonzor tumani rahbariyatini jiddiy tanqid qilib va tuman hokimi va militsiya boshlig‘i, prokuror va soliq kattasini ham ishdan olgan edi.

O‘tgan hafta Yunusobod tumani IIB prokuratura, soliq rahbarlariga qo‘shib, hokim Mira'zam Mirqosimovni ham ishdan quvgan edi.

Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, Mira'zam Mirqosimov ishdan olinganidan ikki kun o‘tib yurak hurujidan vafot qilgan.

Mirziyoev, kelgusi ikki yil davomida mulozimlar sutkasiga 24 soat ishlashi, uning ruxsatisiz hech kim uyiga ketmasligini amr qildi. Davlat mansabdorlari ishini nazorat qilish uchun viloyatlarda qandaydir «maxsus bo‘limlar» tashkil etilgan.

«Siz o‘yladingizmi, nima uchun bu yilni «Xalq bilan muloqot yili» deb atadik? Hammasi ilgarigidek bo‘ladi, deb o‘ylaganmidingiz? Yo‘q, – endi ilgarigidek bo‘lmaydi. Yo siz oxir oqibat ishlay boshlaysiz, yoki o‘z o‘rningizni bo‘shatasiz. Hammangiz ifloslikka, koruptsiyaga botgansiz! Baxtingizga, hozircha yetarli miqdorda kadrlar yo‘q: Bu bizning eng katta kasofatimiz. Biroq ikki yil ichida biz kadrlar tayyorlaymiz. Yangi, yosh odamlar keladi», dedi prezident.

Mulozimlar tarkibini almashtirishga yetarli kadrlar bo‘lmasa, ularni qanday jazolashi, aybdorlarni qanday ishdan bo‘shatishiga prezident aniqlik kiritmadi.

Rassom Tuz hokimlarni moychechak gulbarglarini yulgan kabi hokimlarni kursisidan mosuvo qilgan prezident rasmini chizdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2021
Rassom Elsevar
1 sentyabr 2023
“Kuchlilar kechira oladilar” degan ibora har doim meni boshi berk ko‘chaga tiqqan. Ya'ni, agar «zaif» yomonlik qilsa, kuchlilar miyig‘ida ...
30 sentyabr 2020
BMT Xavfsizlik kengashi Nyu-Yorkda favqulodda yig‘in o‘tkazib, Tog‘li Qorabog‘ nizosini muhokama qildi. Xavfsizlik kengashi Armaniston va Ozarbayjonni «zudlik bilan ...
25 yanvar 2017
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining maktubi menga 25 yillik jurnalistik faoliyatimda hukumat tarafidan yopilgan va men ishlagan «Erk», «Munosabat», TV ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...