Catira
23 may 2017

O‘zbek va tojik raxbarining Riyoddagi uchrashuvi ko‘zlarni qamashtirdi

O‘zbekiston va Tojikiston orasida mina maydonlari zararsizlantirilmagan, vizali borish kelish bekor qilinmagan bo‘lsa ham, ikki davlat raxbarlarining Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan sammitdagi samimiy munosabati shoyon diqqatga sazovor bo‘ldi.

«Do‘stlik, bag‘rikenglik, oliyjanoblik, mehr oqibat, samimiylikka nima yetsin! Axir biz musurmon xalqmiz! Do‘stliklari abadiy bo‘lsin ilohim, ko‘z tegmasin!!!!» deya yozdi Feysbuk yuzeri Baxor Mavlonavna.

Nodir Utkir bo‘lsa, Karimov davrida qo‘shnilar bilan munosabatning yomonlashganidan yozg‘irdi:

«Karimov kushni davlatlar bilan munosabatni yaxshilashni istamadi. Uning zamonida fakat karimovning fikri tugri edi. Shuncha muammo borligini mana Mirzieev tan oldi va muammolarni xudo xoxlasa yechimini topadi».

Tojik va o‘zbek prezidentlarining biri-birini bag‘riga bosayotganini ko‘rib Anjela Ziyaeva ham o‘z hissiyotlarini yashira olmadi. Uning butun umidi O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi vizaning bekor qilinishidan:

«Viza bekor kilinsa. Onojonimni xollaridan xavar olib navaralarini kuradilar opa-singillarning bolallari xam bir-birini taniydi dune turguncha yashang. Xurmatli Prizidentimiz» (orfografika saqlandi. Tahr.)

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoevni, huddi Brejnev GDR rahbari Xonekerni quchoqlagandek, bag‘riga bosgani rassom Tuzning ham nazariga tushdi.

«O‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidentining Tojikiston prezidentiga munosabati qanchalik sovuq bo‘lsa, yangi o‘zbek rahbari Shavkat Mirziyoevning Emomali Rahmonga munosabati shunchalik otashin!» demoqda rassom Tuz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 mart 2017
«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy ...
23 fevral 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Sizlar-chi, 1987 yilda nima bilan mashg‘ul edinglar, janob manqurtlar? Masalan, men bilaman, sizlarning adabiyotchilaringiz u ...
4 fevral 2019
Tadbirkorlikni himoya qilish shiorini ko‘tarib olgan amaldorlar aslida ishbilarmonlarning sa'y-harakatlariga eng katta to‘siq bo‘lib qolayotir. Xorazmda o‘zi xon, ko‘lankasi ...
5 yanvar 2016
Yangi yil arafasida Feysbuk sahifasi ishtirokchilari «Toshkent go‘zali»ni tanlashdi. Aktrisa Olesya Nedobegova bu virtual tanlov g‘olibi bo‘ldi va u ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...