Catira
1 iyun 2017

Ur bankirni! (video)

30 may kuni ijtimoiy tarmoqda prezident Mirziyoevning bankirlarni keskin tanqid qilgani audiosi paydo bo‘ldi.

Videoselektrdan yozib olingan audioda prezident Samarqand viloyat banki raxbarlarini so‘kib dakki beradi:

«…Bunaqa bankir nima uchun kerak?! Bulung‘urda kamida ikkita yoki uchta bank bor. Ana, shu odamlar nima ish qilayapti? Hech balo qilmayapti… Rayonda o‘tirgan moliyachilarning hammasi bezdelnik!!!»

Shavkat Mirziyoev jumladan Bosh vazir o‘rinbosarini ayblab: «Azimovga o‘xshaganlar pastga tushib ishlaganda, bu narsa bo‘lmasdi», deydi.

Ijtimoiy tarmoqda Prezidentning navbatdagi dahanaki ur-kaltagi aksariyat yuzerlar tomonidan olqishlanmoqda.

Feysbuk tarmog‘iga 1152 yuzer tomonidan ko‘chirib qo‘yilgan audioga yozilgan yuzlab izoxlarda buni yaqqol sezish mumkin.

Alisher Davurov: «Bankirlar xozir xech kimni mensimidi, xuddi ular davlatni boshkarayabdi»
Sanjar Bekchanov: «Xa xammasini bittadan itarish kerak»
Alisher Mirzaaxmedov: «Ojirevshie nashi bankirы. Vam kaput!»

Aksariyat izohlar prezidentdan fahrlanish va uni qo‘llash tuyg‘ulari aks etgan izohlar orasida bu qattiqqo‘l siyosatni qo‘llamayotganlar juda kamchilik.

Masalan, Shavkat Mirziyoevning 2003 yildan mamlakat Bosh vaziri o‘laroq butun iqtisodiy tizimni boshqarganini eslaydiganlar deyarli yo‘q.

Uning raxbarligi ostida odamlar ommaviy tarzda paxta dalalariga safarbar etilgani, davlat rejasini bajarmagan fermerlarning yerlari tortib olingani ham eslanmaydi.

So‘z erkinligi albatta raxbar uchun juda katta imkoniyat, ayniqsa bu erkinlik yakka bir shaxsgagina berilgan bo‘lsa.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 yanvar 2021
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, yana 4000 qo‘shilibdi. To‘yda ...
13 sentyabr 2018
Andijon viloyatida ommaviy paxta yig‘im terimi hali boshlanmagan bo‘lsa-da, 10 sentyabr kuni byudjet ishchi-xizmatchilarining dastlabki guruhi 10 kunlik yotoqqa ...
6 noyabr 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasidagi ishonchli manbaning bildirishicha, yaqinda Toshkent viloyati prokuraturasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida yashovchi ...
13 may 2019
Negadir keyingi paytlarda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) haqida gap ketganida beixtiyor yodimga Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchillning mazmunan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...