Catira
8 iyun 2017

Uyida sveti yo‘q o‘zbeklar «Odno» va «Telegramm»da faol

Muttasil elektr uzilishlari va Internetdagi to‘siqlarga qaramay o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishmoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2 million 163 ming 437 o‘zbekistonlik yuzer «Odnoklassniki» tarmog‘idan foydalanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqni O‘zbekistondan har kuni 750 ming odam «ziyorat» qiladi. Ular aksariyat mobil telefonidan kiruvchi 25 yoshgacha bo‘lgan yigit qizlardir.

Ko‘proq o‘yin o‘ynash uchun kirishadi

Biroq, bu o‘zbek yoshlarining siyosiy faolligini unchalik anglatmaydi. Ular ko‘proq ko‘ngilochar mavzulardagi guruhlarda kun o‘tkazishadi, o‘yin o‘ynashadi.

«O‘zbekistonlik foydalanuvchilar o‘tgan 2016 yili «Sokroviщa Piratov», «Dolina Sladostey», «World Poker Club», «Neboskreb mechtы» va «Oxota za sokroviщami» kabi o‘yinlarning liderlari bo‘lishdi», – deydi kommunikatsiyalar bo‘yicha tarmoq direktori Anastasiya Jbanova.

«Telegramm»dan esa aloqa vositasi sifatida foydalanishadi

O‘zbekistonliklar faolligini telegramm messenjerida ham kuzatish mumkin. Tarmoq asoschisi Fedor Skuratov, tarmoqqa o‘zbekistondan qo‘shilayotganlar soni MDH davlatlari orasida eng yuqori darajada ekanini bildiradi.

«Odnoklassniki»dan farqli Telegrammdan foydalanishga o‘zbekistonliklarni bir biri bilan aloqa bog‘lash, video, rasm, ovoz jo‘natish ehtiyoji majbur qildi.

Bunday ehtiyoj ayniqsa 2016 yili O‘zbekistonda Skayp va Vayber tarmoqlari sifatining keskin pasayib ketganidan yuzaga chiqqan edi.

Navbatdagi suratida rassom Tuz o‘zbekistonliklarning real turmushdan farqli, telefonlarga ko‘chgan nurafshon virtual hayotini aks ettiradi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 oktyabr 2022
Xorazm viloyat Gurlan tumani, Yangiobod-sholikor qishlog‘i «O‘yilma» mahallasidan Eltuzga 25 oktyabr kuni kelib tushgan videoda fermerga sholi ekinini yig‘ib ...
25 oktyabr 2015
Bugun dunyo matbuoti Rossiya migratsiya xizmati va politsiyasi ushlagan tojik oilasining olib qo‘yilgan besh oylik emizikli bolasi Umarali Nazarov ...
4 sentyabr 2019
Zamonning tez o‘zgarishini qarang. Bir necha yil oldin katta avlod hali kompyuter ishlatishni bilmasdi, biz esa o‘zimizcha zamonaviy yoshlar ...
20 aprel 2023
Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish.  ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...