Catira
19 iyun 2017

Mirziyoev sudyalarni savaladi

Prezident Mirziyoev 13 iyun kungi yig‘ilishida sudyalarning poraxo‘rligini keskin tanqid qildi.

«Do‘kon emasku bu, bir soatda yuz dollar, ikki soatda 400 dollar keltiradigan!» dedi Mirziyoev tuman sudyasining pora bilan qo‘lga olinganini misol keltirib.

Shuningdek, prezident oxirgi yillarda qariyb 50 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortilgani, so‘nggi olti oy ichida esa 7 sudya jinoyatga qo‘l urganini sanab o‘tdi.

Mirziyovning qayd etishicha, 2016 yilda 3700 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari bekor qilingan, yoki o‘zgartirilib 1362 nafar fuqaroning jazosi kamaytirilgan.

Prezident yig‘ilishda O‘zbekistonda adliya tizimi haddan tashqari korruptsiyaga botganini e'tirof etdi.

«Buni tomiri bilan uzishga harakat qilayapmiz, lekin bu og‘ir bo‘layapti» dedi u.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2018
Dunyoda eng uzoq muddat qamoqda bo‘lgan jurnalist, 64 yoshli Muhammad Bekjon 22 fevral kuni o‘zining feysbuk sahifasida shunday yozuv ...
29 mart 2021
1976 yilning 29 martida AQSh kinokademiyasining 48-Oskar taqdimotida beshta asosiy mukofot bitta filmga berildi. Bu Milosh Formanning “Kakku uyasi ...
10 iyun 2021
Bir-biridan mustaqil manbalarning “Eltuz”ga bildirishicha, O‘zbekiston xalq ta'limidagi korruptsiyaning eng ochiq va ayovsiz ko‘rinishi chekka tumanlarda emas, xalq ta'limi ...
23 aprel 2021
Termizlik bloger Otabek Sattoriyning advokati Umid Davlatovning aytishicha, 2021 yil 19 martda jurnalistlarga intervyu berayotgan vaqtida unga nisbatan shantaj qilishga ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...