Catira
23 iyun 2017

Toshkentda turk bankasi ochiladi

Shu oyda Turk davlat banki Ziraat bankasi Toshkentda o‘z filialini ochishi kutilmoqda. Bu haqda 20 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo sanoat palatasi qurultoyida bildirdi.

Biroq mamlakatda sarmoyalar himoyasi yo‘qligi bois, O‘zbekistonda horijiy biznes istiqboli qanday bo‘lishi mumkin?

Masalan, 2012 yili O‘zbekiston kuchishlatar tizimlari turk biznesmenlarini ovlay boshladi. Ularni qamashdi, bizneslarini tortib olishdi, tavon to‘lashga rozi bo‘lmagunlariga qadar qiynashdi.

Toshkent savdo markazi «Turkuaz»ning sobiq egasi Vohid Gunesh ishi bunga misol. Uni iqtisodiy jinoyatlar, soliq to‘lamaganlik va taqiqlangan islomiy harakatga aloqadorlikda (bu ayblovlarni u inkor etadi) ayblandi.

Biznesmen „Halqaro Amnistiya“ tashkilotiga bergan intervyusida, 2012 yili uni 10 oy davomida maxfiy qamoqxonalardan birida saqlashgani, bu yerda uni yolg‘on iqrorga imzo qo‘ymaguniga qadar qiynashgani haqida bildirgan. Keyin uni tag‘in qiynashgan, yuqori martabali MXX xodimlari uni ozod qilish evaziga, Guneshning oilasidan bir necha million dollar tovlashga qaror qilishgan.

U advokat so‘raganida, unga:

«Vohid Gunesh, o‘zingni qo‘lga ol. MXXning butun tarixi davomida, bu yerga tushgan biror odam aybsiz deb e'tirof etilmagan va ozodlikka chiqarilmagan. Bu yerga tushgan har bir odam aybdor va ularning hammasi aybini bo‘yniga olishi shart.»

Vohid Gunesh qamoqxonadagi noinsoniy sharoit, ruhiy qo‘rqitish, kaltaklash va seksual tahqir holatlari haqida yozadi.

«Siz endi ortiq odam emassiz. U yerda sizga raqam berishadi. Sizning ismingiz u yerda hech narsani anglatmaydi. Masalan mening raqamim 79 bo‘lgan. Men endi Vohid Gunesh emasdim, 79 edim. Siz odammas, shunchaki bir raqam bo‘lib qolasiz.”

Gunesh O‘zbekistonda so‘nggi ipigacha talangan yagona horijiy biznesmen emas.

O‘shandan beri nima o‘zgardi? Mamlakatga yangi prezident keldi, biroq, biznesmenlarni sindirayotgan, ularning mulklarini tortib olayotgan tizilma ilgarigidek mavjud.

Vohid Guneshni qiynagan odamlar esa, shu tizilmada ishlashda davom etayotgan bo‘lishsa kerak.

Ayni vaziyat fonida O‘zbekistonda «Ziroat bankasi»ning ochilishi Rassom Tuz karikaturasiga mavzu bo‘ldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 fevral 2018
Militsiya generali, 69 yoshli Zokir Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi etib tayinlandi. 2005 yildagi Andijon qirg‘inidan so‘ng ...
2 oktyabr 2017
Mahalliy hokimlar paxta terish uchun tayyor qullar hisoblanmish byudjet tashkilotlari xodimlari majburiy mehnatini «qonuniylashtirish»ning yangi va yangi usullarini kashf ...
23 yanvar 2017
O‘zbekiston vatandoshi 35 yashar Gulsanam Y. va 28 yoshdagi Hakima K. Fatxiya tumanidagi avtoparkda bir kecha uchun 200 lira ...
2 mart 2020
Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar bir-biri bilan namunali aloqa o‘rnatish o‘rniga «shovqin-suron ko‘tarish» bilan mashg‘ul bo‘layotganini ma'lum ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...