Catira
30 oktyabr 2017

Lola Tillaevaning so‘z erkinligiga oid postidagi qusur nimada?

Islom Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva instagram sahifasida so‘z erkinligi insonlarning eng muhim huquqi ekani haqida yozdi.

Bu huquqqa izoh berarkan, «erkaklar va ayollarning tengligiga asoslangan, har bir shaxs fikri, tuyg‘ulari va qarashlari mujassam oliy qadriyat», dedi uzoq yillar davomida Yevropa va Amerikada yashagan Tillaeva.

Lola Tillaeva fikr erkinligiga toqatli ekanligini hech qachon ko‘rsatmagan. 2011 yili otasini diktator deb atagan Rue89 frantsuz nashri jurnalistlari bilan sudlashgan edi.

O‘tgan haftada esa oilaviy biznesiga taalluqli yashirin ofshor sxemalarga oid tekshiruvlar natijasini e'lon qilgan G‘arbdagi bir necha nashrlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgandi.

Aynan Islom Karimov davrida uning qizi ta'kidlayotgan «fikr, so‘z, ifoda erkinligi» huquqidan foydalangan shaxslar turmalarga tashlandi.

Aynan Islom Karimov davrida 159-modda kabi haddan tashqari kengaytirilgan va o‘zgacha fikrdagi har qanday shaxsga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan dahshatli jazo moddasi Jinoyat kodeksiga kiritildi.

So‘nggi misol, Islom Karimov o‘limidan keyin ham o‘zgarmagan tartibda 159-modda qo‘llanilib, 27 sentyabr kuni jurnalist Bobomurod Abdullaev qamoqqa olindi.

Paradoks shundaki, «o‘z qarashlarini erkin ifoda etish» har bir shaxsning muhim huquqi ekani haqida hech qanday erkinliklarga o‘rin bo‘lmagan tizimni yaratgan prezident Karimovning qizi, uzoq yillar O‘zbekistonning Yuneskodagi elchisi bo‘lgan Lola Tillaeva gapirmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 aprel 2019
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani ma'muriy ishlar sudi 15 aprel kuni huquq faoli, 68 yashar A'zam Turg‘unovning ichki ishlar xodimi ...
8 sentyabr 2018
Stokgolm sudida Telia shirkati va Gulnora Karimova o‘rtasidagi korruptsiya ishini kuzatayotgan SVT telekanali jurnalisti Elin Yonnsson «Eltuz» muxbiri bilan ...
25 iyun 2020
​​Xalqaro press-klubda matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi, unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bunday gaplarni aytib o‘tibdi: ...
21 noyabr 2022
Salom qadrli muxlislari. Bugun 21 noyabr. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Kattaqo‘rg‘onda itni temir bilan urib o‘ldirgan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...