Catira
20 dekabr 2017

Prokurorlar o‘z mol-mulkini oshkor qiladimi?

O‘zbekistondagi huquq-tartibot xodimlariga daromad va mol-mulklarini deklaratsiyalash majburiyati yuklatilishi haqida qonun loyihasi tayyorlanmoqda.

«Qonun loyihasida mansabdor shaxslar, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari daromadlarini deklaratsiya qilishni nazarda tutgan bo‘lim va normalar ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda qonun tayyorlash jarayoni ketmoqda. Qonun qabul qilingandan so‘ng tegishli choralar amalga oshiriladi», — deb ta'kidladi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov Xalqaro press-klub yig‘ilishi chog‘ida.

Ayni kunlarda «Bosh prokuratura xodimlari daromadlarini deklaratsiyalash jarayoni xalqaro umume'tirof etilgan amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda», degan prokuratura mulozimi tafsilotlarga to‘xtalmagan.

O‘zbekiston prokuraturasi tizimidagi xodimlarning “sakson foizi o‘g‘ri”, degan edi O‘zbekistonning joriy prezidenti Shavkat Mirziyoev videoselektor majlisida.

«Eltuz» tasarrufida O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Hamidovich Qodirovning korruptsiya yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mol-mulklari haqida hujjatlar bor.

Sobiq prokurorning Latviyadagi uylaridan biri

Bu hujjatlarga ko‘ra, 1952 yili Andijonda tug‘ilgan Rashid Qodirov O‘zbekistondagi yashirin boylardan biridir.

Dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatida Rashid Qodirov oilasiga oid mol-mulk borligi iddao qilinadi.

«Eltuz» tasarrufida Rashid Qodirov mulki deb ishonilgan Latviyadagi ikkita villaning fotosurati ham bor.

«Eltuz» muxbirlari bu ikki villaning Qodirov oilasiga tegishli ekani haqidagi Latviya ko‘chmas mulk reestrlariga doir hujjatlarni ko‘rgan.

Rasman tasdig‘ini topmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Qodirovning Shveytsariya, Avstriya va Chexiyada ko‘chmas mulklari bor.

O‘zbekistonda prokuratura xodimlari jamiyatning norasmiy boy qatlami sifatida bilinadi. Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan prokuratura binosining oldi uzoq vaqt mobaynida “qimmat mashinalar ko‘rgazmasi» sifatida avtohavaskorlar diqqatida bo‘lib kelgan.

«O‘zbekistonda eng qimmat mashinalarni prokuraturaning oddiy xodimlari minib yuradi», deydi hashamatli avtomobillar ishqibozi bo‘lgan toshkentlik kirakash.

Urganchlik notarius xodimining aytishicha, shu kunlarda mahalliy prokuratura xodimlari o‘zlariga oid mol-mulklarni zudlik bilan uzoq qarindoshlari nomiga o‘tkazishmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 mart 2017
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida mamlakat ta'lim tizimining abgor ahvoli haqida nisbatan tanqidiy maqolalar chop etilyapti. Haqiqatan ham ...
7 yanvar 2022
Azizlar mana yana siz bilan yuzma yuzman. Hazrati Zahiriddin Bobur lutf qilishicha qozoq bu turkning botirlik hislati ekan. Shu ...
10 sentyabr 2019
Shu yilning 6 sentyabr kuni Asaka tumanidagi tez yordam bo‘limiga keltirilgan bemorning yaqinlaridan biri shifokorni kaltakladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ...
18 yanvar 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktublarini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Jizzax, Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...