Catira
30 yanvar 2018

Islom Karimov bobosining 80 yillik yubileyida Britaniyadan boshpana so‘radi

O‘zbekistonni 27 yil boshqargan va 2016 yilda o‘lgan Islom Karimovning nabirasi Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi.

Bu haqida Bi-bi-si nabira Karimovning Londondagi advokatlariga tayanib ma'lum qildi.

Kichik Islom Karimovning Britaniyadan boshpana so‘ragani uning bobosi Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga to‘g‘ri keldi.

Islom Karimovning to‘ng‘ich nabirasi O‘zbekistonda onasi Gulnora Karimovaga qarshi jinoyat ishi ochilib, u uy qamog‘iga olinganidan beri Britaniyadan o‘z yurtiga qaytgani yo‘q va shu yerda yashab keladi.

O‘tgan yil iyulda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova 2015 yilda soliq to‘lashdan bosh tortish aybi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilinganini bildirgandi.

Prokuratura, shuningdek, unga qarshi olib borilayotgan ikkinchi jinoyat ishiga ko‘ra, Gulnora Karimova qariyb 2 milliardlik dollarlik xorijiy valyutani yashirishda gumonlanayotgani va u boshqargan guruhning 1,5 milliard dollarga yaqin mablag‘i 12 ta xorijiy davlatda aniqlashtirilganini ma'lum qilgan edi.

Shu kunlarda Mirziyoev hukumati Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlamoqda. Rasmiy matbuotda Islom Karimov bilan bog‘liq esdaliklar yozish urchigan. Bu esdaliklarda na Gulnora Karimova va uning farzandlari eslanmaydi.

Rassom Kirpi chizgan rasmda kichik Islom Karimov «O‘lgan bobomning 80 yillik to‘yida menga sadaqa qilinglar», deb turgan tarzda aks ettirilgan.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 aprel 2024
Eltuz portali №141: So‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanidan. Chiqindilarni yo‘q qilish muammosi: ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel oyida kutilayotgan Konstitutsiyaga o‘zgartirish ...
22 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta shikoyat xatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon Xorazm viloyatlaridan kelgan. Dastlab ...
19 sentyabr 2015
Agar chindan ham yurtni sevsangiz nega yurtda bo‘layotgan adolatsizliklarga qarshi turmaysiz? Yoki sizningcha yoshu-qarini majburan paxta dalalariga haydash adolatdanmi? ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...