Catira
29 iyun 2018

Kuni g‘arib mavzularga qolgan o‘zbek matbuoti

O‘zbekistonda 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlandi. Shu kuni hukumat rasmiylari o‘zlari «zo‘r sanagan» jurnalistlarga mukofotlar berishdi, ayrim jurnalistlar esa va'da qilingan mukofotdan mahrum etilishdi.

Masalan, Gazeta.uz nashrining yozishicha, avvaliga tanlov hay'ati nashrga sim qoqib, ularning jurnalisti Nikita Makarenko «Yil jurnalisti» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib chiqqanini xabar qilishgan.

Keyin esa uni chaqirib, mukofotdan mahrum etilganini bildirishgan.

«Buni men sha'nimga yetkazilgan og‘ir tahqir deya hisoblayman. Shaxsan mening fikrimcha, bu bilan ular ayni tadbirlarda mustaqil jurnalistlardan hursand emasliklariga aniq ishoratni namoyish qilishdi», deydi Makarenko Gazeta.uzda chop etilgan intervyusida.

Sevishganlar mavzusi poraxo‘rlik mavzusidan ko‘ra bexatarmi?

Lekin odamlarning eng esida qolgani hukumat taqdirlagan «yilning eng zo‘r jurnalistlari» emas, sevishganlarni poylab, ko‘chada «o‘pishish» muammosini ko‘tarib chiqqan «Mening yurtim» kanali bo‘ldi.

Ko‘rsatuvda uning boshlovchisi 22 yashar Badriddin Husniddinov yoshlar oldiga kamera bilan qo‘qqisdan borib so‘roqqa tutgani haqida 2 aprel kuni «Eltuz» maqola bosgan edi.

Lekin oson mavzu izlab xomta'ma bo‘lgan jurnalistlarni 3 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi rasmiy ogohlantirdi.

O‘zlarini axloq jandarmi o‘rnida ko‘rgan jurnalistlar bu safar chindan ham odamlarning shaxsiy hayotiga daxl qilib, jurnalistika me'yorlarini buzishgan edi.

Xabar saytlari sirli tarzda to‘silib, keyin ishlab ketdi

Matbuot kuni arafasida bir haftadan ortiq Kun.uz, Sof.uz, Azon.uz, Qalampir.uz, Xabar.uz kabi endi qaddini rostlayotgan axborot saytlari yoppasiga to‘silib qoldi.

Sayt mutasaddilari buni «texnik nosozliklar»ga yo‘yishdi va bu barcha saytlar sirli ishora bilan ayni 27 iyundan ishlab ketdi.

Prezident Mirziyoev chiqishlaridan ruhlanib, jiddiy tanqidiy maqolalar yoza boshlagani haqidagi izohlarga javob qoldirgan feysbuk yuzeri Muhiddin Jabborov avvalgiga nisbatan «oshkora chiqishlar» bo‘rttirilayotganini bildiradi.

«Bunaqa «piar»larning g‘arbda allaqachon misi chiqqan. O‘zbekistonda hali qaysi OAV mustaqil ravishda yirik, arzirli biror muammoni ko‘tarib chiqdiki, u qonunchilik yoki islohotlarda keskin burilish yasay oldi!? Hammasi o‘quvchi e'tiborini qozonish, auditoriyani kengaytirish, reklama, daromadni ko‘paytirish uchun bo‘lyapti. Tanqidlar izsiz, tagi puch, oxiriga yetmagan tahlillar – mana matbuotimiz. Shunday ekan, o‘zidan o‘zi qahramon yasashga shoshmasak yaxshi bo‘lar edi, hamkasblar! Bayramlar muborak bo‘lsin!»

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 sentyabr 2016
Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezidentlikka tayinlanishi ortidan kriminal doiralar tag‘in hokimiyatga qaytib kela boshlashdi. Hukumatdagi bir qancha mulozimlar ishdan bo‘shatildi, ...
18 yanvar 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq vaqt davom etgan mustamlakasidan ...
8 iyun 2022
Ikkinchi jahon urushida insoniyat qozongan va nishonlagan g‘alaba kuni aslida 8 iyun ekanini ko‘pchilik bilmaydi. 1946 yil 8 iyun ...
3 may 2021
Yangiyo‘l shahridagi 1-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi maktab mutasaddisi Umida Sattorova muallimlarni koronavirusga karshi vaktsinani olishga majburlayotgani, aks holda ishdan haydash ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...