Catira
19 iyul 2018

«Sevimli TV» seks ko‘rsatib baloga qoldi

O‘zbekistonning «Sevimli» telekanalida 15 iyul kechki payt ko‘rinib ketgan seks sahnasi haqidagi malomatlar ijtimoiy tarmoqda hali ham tingani yo‘q.

Garchi bu tasvir tasodifan ketib qolganini bildirib, telekanal mutasaddilari uzr so‘rashdi.

Buning ustiga, bu voqea 22.00 dan keyin, voyaga yetmagan bolalar uxlashi kerak bo‘lgan soatda sodir bo‘lganini aytishdi.

«Texnik xato tufayli milliy axloqimizga zid bo‘lgan epizod ketib qoldi», deya yozishdi ular.

Kanal ma'muriyatining Feysbuk sahifasida bildirishiga ko‘ra, «o‘z ishiga mas'uliyatsizlik qilgan barcha xodimlar ishdan bo‘shatilgan».

Biroq ijtimoiy tarmoq hamon junbushda.

«Shu sababdan bu va bunga uxshagan kanallarni tag-tomiri bn kuporib tashlash kerak. Bu va bunga uxshagan kanallar jamiyatni tarbiyalashda, Garbni zakazi bn ishlashi va kelajak 20 yilda Uzbekiston xalki Garblashgan tarbiyada, yarim yalangoch, zinokor, arokxur, xayoli fikri fakat ma'ishatdan kayfu safodan iborat bir maksadsiz jamiyatga aylanishi, ayni shu maksad Garbni bu kanallar oldiga kuygan zakazlaridan biri. Bu shaxvoniy stsena tasodif va boshka kaytarilmaydi deb uylaganlar, uta kolok fikrlidigan, ishonuvchi sodda odamlar deb uylayman. Bu va bunga uxshagan kanallarni asli maksadi, bu va bunga uxshagan shaxvoniy buzuk filmlarni kun davomida bemalol kursatib, kundagi kursatuvlar tartibiga kirgazishdan boshka narsa emas», deya yozdi (imlo xatolari saqlandi) Dilshod Ubaydullaev ismli yuzer.

O‘zbekiston dunyoviy demokratik davlat ekanini aytib, ma'lum soatlarda shunday filmlar ham ko‘rsatilishi normal holat ekanini aytayotganlar ham bor.

Ularga qarshi «ot qamchilayotganlar» esa o‘zbek kalimalarida «porno», «seks» kabi yot so‘zlarni ishlatmaslikni ham talab qilishmoqda.

«UZ da hamma osmondan oyog‘i osilib tushgan. Chunki seks yo‘q. SYeKS bo‘lmagan. Va seks bundan keyin ham bo‘lmasa kerak. Chunki hamma qip-qizil yolg‘onchi. Xullas, avval rost gapirishni o‘rganishimiz kerak, oqni oq, qorani qora, seksni esa seks, deb ataylik», deydi Taras Bulba niki ostidagi feysbuk yuzeri.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 aprel 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 19 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi ...
12 fevral 2016
«Zamondosh» sayti muharriri bo‘lgan Rizo Obidning kallasi ishlab qoldi. Boshi borib toshga tekkanidan so‘ng ishlab ketdi shekilli. Galima Buxarbaeva ...
15 oktyabr 2018
Jizzax viloyatining Do‘stlik va Arnasoy tumani bozorlari yopib qo‘yildi. Bozorlarning darvozalari faqat kechki 17:00da ochilmoqda. Bozor qorovullarining bildirishicha, «kattalar» ...
26 sentyabr 2018
Toshkent markazidagi aholi ko‘chirib yuborilib qurilayotgan «Toshkent siti»da go‘yoki taniqli bokschi Mayk Tayson uy sotib oldi, degan reklama roligi ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...