Catira
20 avgust 2018

O‘zbek-tojik sevgi rishtalari

Toshkentga kelgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni 17 avgust kuni aeroportda prezident Mirziyoev quchoq ochib qarshiladi.

Imomali Rahmon xuddi Brejnev GDR rahbari Xonekerni quchoqlagan kabi Shavkat Mirziyoevni bag‘riga bosdi.

«Eng muhim yutuq – amaliy ishlarimiz millionlab odamlarga naf keltirayotgani, ularning qalbida iliqlik uyg‘otayotganidir!» dedi Mirziyoev buzilgan sevgi rishtalarining ulanayotganiga urg‘u berib.

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev shu yilning martida davlat tashrifi bilan Tojikistonga borgandi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari orasida iliqlik ilk bor ularning Saudiya Arabistonidagi uchrashuvida olingan tasvirlarda aks etgandi.

Undan ham avval Imomali Rahmon 2016 yilning sentyabrida Islom Karimovning dafn marosimida qatnashgandi.

Rassom Kirpi
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2020
Sardobadagi falokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasining 7 may kuni e'lon qilingan tarkibiga Sardoba suv ombori loyihasining bosh ...
29 iyul 2019
Urganch shahrining Ashxobod mahallasidagi uylari buzilgan va tovon puli berilmaganidan g‘azabga to‘lgan xalq g‘alayon ko‘tardi. Poytaxtdan zudlik bilan yetib ...
10 fevral 2019
O‘zbek jamiyatidagi muhofazakor qatlamning turk seriallariga qarshi «jihodi»ning ajablanadigan joyi yo‘q. Aslida bu masalaning ildizi psixologik mavzu. An'anaviy muhofazakorlarning ...
19 sentyabr 2022
Estoniya, Latviya, Litva va Polsha  19 sentyabrdan e'tiboran turistik Shengen vizasi bo‘lgan rossiyaliklarni mamlakatga kiritmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Ular ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...