Catira
19 sentyabr 2018

Ikkala taraf ham men uchun yoqimsiz!

Naqadar achchiqki, bolsheviklar inqilobidan buyon toptalib kelingan va endigina qaddini tiklagan jafokash o‘zbek tili tag‘in oyoqosti qilindi va bundan chirkin bir yo‘sinda foydalanildi.

O‘tgan tarixida xalqiga, uning tiliga tupurishni istagan, har qanday hukmdor qarshisida yetti bukiluvchi kaltabin amaldor tag‘in yana bir bor o‘zbek tiliga og‘zini to‘ldirib tupurish uchun turli teshiklardan sudralib chiqa boshlagan jirkanch shovinistlar tomonidan ishlatildi.

Men bu postni rus tilida yozdim, chunki unisi ham, bunisi ham rus tilida muloqot qiladi va fikrlaydi. O‘zbek tilini o‘z holiga qo‘ying! O‘zining kasbiga noloyiqligini oqlash uchun «til qartasi» ortiga berkingan amaldorlar va hamisha har qanday mavzu bo‘yicha o‘zini siquvga olingan «jabrdiyda» ko‘rsatib g‘azablanishdan lazzatlanuvchi shovinistlar.

Qo‘rs, nodon amaldorlar, o‘z sotqinligingiz va malakasizligingizni yashirish uchun til va tarix mavzusiga «shirapashsha» bo‘lishga hatto intilmang ham. Siz shovinistlar esa hech kim o‘zingizni kamsitmayotgani va hamisha o‘zlaringiz bepisandlik bilan o‘zbek tilining mavjudligini inkor etishda davom etayotganiningizni yaxshi bilasiz. Sizlar ham mamlakatni hozirgi ahvolga keltirgan hukmdor qarshisida turfa shaklda tovlanib bukilgan toifasisiz. Har ikkala taraf ham men uchun yoqimsiz!


Umida Haqnazar
blogi tarjimasi
Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 avgust 2021
IShIDning Suriyadagi lagerlarda saqlanayotgan ayol a'zolari uchun iyul oyida rus tilidagi yopiq telegram chatda quyidagi e'lon berildi: “O‘zbekistonlik opa-singillar, ...
23 aprel 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 45-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, ingliz tili ...
28 fevral 2020
Ëzuvchi Leonid Solovyovning «Osoyishtalikni buzuvchi» kitobi qahramoni Nasriddin Buxoro amiri va uning mullalarini tanqid qiladi.  Bunga javoban amir Nasriddinni ...
13 aprel 2018
Toshkentning Uchtepa tumani aholisi bilan 10 aprel kuni o‘tkazgan muloqotida IIV o‘rinbosari, Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘raev soqol ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...