Catira
18 oktyabr 2018

O‘zbekiston uchun 11$ milliardlik sirtmoq

18-19 oktyabr kunlari  O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buxoro viloyati chegarasida qurilishi rejalangan atom elektr stantsiyasining ochilishida qatnashadi.

Putinning bu safargi tashrifida unga Rossiyadan 1000 kishilik rasmiy delegatsiya ham hamrohlik qilmoqda.

Prezident Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning ochiqlashicha, O‘zbekistonda qurish rejalangan AESning narxi, dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, 11 milliard AQSh dollariga teng va uning birinchi energobloki 2028 yilda qurilib bitkazilishi mo‘ljallangan.

Ayni paytda O‘zbekiston uchun eng serchiqim va ekologik zararli deya ko‘rilgan AES qurilishiga prezident Mirziyoev tomonidan izn berilishi jamoatchilik xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov O‘zbekistonning AESga sarflaydigan pulini o‘lim sirtmog‘iga qiyosladi.

«O‘zbekistonni 11 milliardga yechintirishadi. Yoki bu osilish uchun 11 $ milliardlik sirtmoqdir. Osiladigan to‘laydi», deya izohladi tahlilchi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyul 2016
Odatdagidek, bu ishga, ya'ni g‘o‘za nihollarini chekanka qilish ishlariga ham byudjet tashkilotlari xodimlari – bog‘cha opalar, o‘qituvchilar, shifokor va ...
22 sentyabr 2015
Zayniddin Asqarov jasadi 2010 yilning 11 oktyabr kuni turmadan uyiga qaytarildi. Aytilishicha, SNB xodimlari mayitni tez dafn qilish va ...
25 may 2017
20 may kuni O‘zbekiston telekanalining Tahlilnoma dasturida sovet davri afsonasiga aylantirilgan ayol – Tursunoy Ohunova hayotiga bag‘ishlangan lavhani nimoyish ...
15 may 2023
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Germaniyadan kelgan xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvni bekor qildi. Uchrashuv oldindan belgilangan edi. Uchrashuvga ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...