Catira
10 iyun 2019

«Atom – bu bomba-ku!!!»

«O‘zatom» agentligi 9 iyun kuni O‘zbekistonda AES qurilishiga qarshi blogerlar sharhlariga javob berdi.

«O‘zatom» javobidan ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishiga qarshi chiqishlar Chernobil voqealari mavzusi» bilan bog‘liq.

Gap turli reytinglarga ko‘ra, kino tarixida eng ommabop sanalgan «Chernobil» Amerika-Britaniya seriali haqida bormoqda. Unda 1986 yilning 26 aprelida ro‘y bergan halokat sovet hukumatining qanday qilib halokat miqyoslarini yashirishga uringani, halokat oqibatlarini bartaraf etishga intilgan sovet odamlarining qahramonliklari haqida gap boradi.  

Qizig‘i, «O‘zatom»ning javobidan «Chernobil» seriali go‘yoki kimningdir buyurtmasiga ko‘ra, O‘zbekistonda AES qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlangan, degan mazmun kelib chiqadi.

«Bu haqda (Chernobil haqida) gapirish hamon foydali bo‘lib qolmoqda – bu aqllarni junbushga keltiradi, ijtimoiy tarmoqda munozara va baxslarga achchiq oziq beradi, bu degani – navbatdagi «Chernobil seriallari»ni yaratayotgan shaxslarni tinglashga talab ortadi. Bugungi kunda bu mish-mishlarning navbatdagi buyurtmasini olish uchun muhim va zarurdir», deyiladi mutaxasis olimdan ko‘ra maxsus xizmat xodimi yozganiga ko‘proq o‘xshash  maqola matnida.

Agar sizga elektr energiyasi kerak bo‘lsa, u holda bizning atom elektrostantsiyasi qurishimizga xalaqit bermang, deyiladi «O‘zatom» javobida.

Ayni paytda rivojlangan davlatlar atomdan voz kechib, energiya manbalarining muqobil turlari – shamol, quyosh va bioyonilg‘iga o‘tishmoqda. Masalan, Germaniya o‘zining so‘nggi atom reaktorini 2022 yilda, Ispaniya esa 2028 yilda o‘chiradi.  

Agar Yevropaning ilg‘or sanoatlashgan davlatlari  kutilayotgan xatarlardan kelib chiqib AESdan voz kechayotgan bo‘lsa, yiliga 300 kun quyosh nuri yog‘iladigan O‘zbekistonning o‘zini xatarga qo‘yishi yanayam o‘rinsiz va u energiyaning tabiiy manbalari haqida o‘ylashi kerak.

Biroq O‘zbekistonda AESning taqdiri allaqachon hal qilingan ko‘rinadi. 3 iyunda “O‘zatom” agentligi O‘zbekistondagi ilk atom elektr stantsiyasi Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydonda qurilishini ma'lum qildi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 iyun 2018
Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpievning ishdan olinishi unga aloqador kimsalarni kemadan qochishga urinayotgan kalamushlarga aylantirgan ko‘rinadi. Qudratli soliqchining katta-katta ...
18 aprel 2024
Bir paytlar OBONchilar O‘zbekistonga borgan chet el tashkilotlari vakillariga hujum qilardi. Sayod degan ko‘kaldoshning xalqaro tashkilot rahbri Stiv Sverdlovga ...
18 fevral 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (15.02) bugun o‘zbek jamiyatining og‘riqli nuqtasi – ayollarning xorijga chiqib ketayotgani masalasiga bag‘ishlangan maqola chop ...
16 fevral 2021
Qiziq, men o‘zimni «Sen kimsan?» deb taftish qilar ekanman, boshqalar ham bu savolni menga bera boshladilar: «Sen kimsan?» Tabiiy, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...