Catira
15 avgust 2019

Blogerlarni izohlar farroshiga aylantirmang!

Komil Allamjonovning blogerlar postlar ostidagi izohlar uchun ham javobgar bo‘lishi haqidagi bayonoti qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu muhokamalarda ko‘zim tushgan eng zo‘r fikr mana bu bo‘ldi:

“Undan ko‘ra, Allamjonovning o‘sha bayonoti tagida so‘kininglar, o‘zini aybdor kilamiz”.

Bilasizmi, kimlar ochiq bahsdan qo‘rqadi? O‘z g‘oyasi to‘g‘riligiga ishonmaydigan odamlar.

Bilasizmi, kim tanqid yoki haqorat eshitsa, gapirganning ovozini o‘chirishga urinadi? O‘ziga ishonmaydigan odam.

Shunday ekan, ortiqcha jazo o‘ylab topadiganlar, “blogingdagi haqoratli izoh uchun ham javobgarsan”, deydiganlar aslida o‘zining haqligiga ishonmaydigan, birovning tanqidiga asosli javob berolmaydigan odamlardir.

Ochig‘ini aytsam, o‘zbek qonunchiligida bu masalada nima deyilgan, rostdan shunaqa choralar nazarda tutilganmi-yo‘qmi, bilmadim. Shunga bir narsa deyolmayman. Lekin jahon amaliyotida shunga o‘xshagan narsa bor. Sizga tegishli kanalda, blogda, saytda kimdir ektremistik fikrlar, irqchilik, millatchilik va ksenofobiya ruhidagi izohlar qoldirsa, uni o‘chirish kerak. Haqorat va tuhmatning ham jazosi bor, albatta.

Lekin buning chegarasi qonunchilikda aniq belgilab berilishi lozim. Aks holda biror amaldor vakolatidan foydalanib ozgina kinoya gapni ham, masxaraomuz izohni ham o‘zicha haqorat deb baholab yuborishi mumkin. Masalan, men bu postni “Komiljon og‘a, bugun avjiga chiqdingiz”, deb boshlamoqchi edim, u kishi hazilni ham haqorat deb baholamasinlar, deb qo‘rqdim.

Keling, hamma o‘zi uchun javob bersin. Bloger – posti uchun, o‘quvchi – izohi uchun. Blogerlarni izohlar qorovuliga va erkinlik tsenzoriga aylantirmang.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
23 mart 2018
Sarlavhaga chiqarilgan bu gap buyuk aktyor Shukur Burxonov ijrosidagi Yusuf Yalangto‘sh haqidagi filmda aytilgan. Ne tongki, “payg‘ambar” darajasiga ko‘tarilgan ...
20 iyun 2016
Kam ta'minlanmagan xonadon qolmagan Shibzon mahallasi haqida yozgan «Qishloq hayoti» gazetasini sinchiklab qayta o‘qigan odam, o‘z tomorqasiga tezak olib ...
4 may 2021
Rassom Kirpi
11 mart 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...