Catira
26 fevral 2020

Gulnora Karimovaga qarshi «odil sudlov» degan cho‘pchak haqida

25 fevral kuni Gulnora Karimovaning Londonda yashayotgan qizi Instagram sahifasida onasidan prezident Mirzieevga yo‘llangan maktubni joylashtirdi. 

Maktubda Karimova G‘arb telekommunikatsiya shirkatlari aralashgan korruptsion sxema sababli Shveytsariyada muzlatilgan 686 million dollar evaziga uni ozod etishlarini so‘ramoqda. 

«Oilam va sog‘lig‘imni saqlab qolish uchun, bizning oilamizda qolgan va Shveytsariyada muzlatilgan pul mablag‘lariga nisbatan har qanday da'volarimdan kechishga tayyorman…», deya yozdi Karimova. 
 
Gulnora Karimova, shuningdek, unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat isht materiallari bilan hech qachon tanishib chiqmagani, hukmlarni olmagani va ayollar qamoqxonasida yana qancha muddat qolishini bilmasligini ta'kidladi. 

O‘zbek tahlilchisi Alisher Ilhomov mazkur holatni bunday izohladi: “Bu mashmashalar ikkala tomonning ham yomonligini ko‘rsatdi: bir tomon (Karimova) jinoyat sodir etganligini anglamayapti, boshqasi esa (hukumat) adolat normalarini buzmoqda. Ikkala tomon shunchaki savdolashmoqda, bu qonun ustuvorligini emas, balki bozorni eslatadi. Karimova xatidan ba'zi qiziqarli tafsilotlar qalqib chiqyapti. Masalan, Shveytsariya hukumati musodara qilgan aktivlarni gumanitar loyihalarga yo‘naltirish to‘g‘risida. Savol tug‘iladi, bu loyihalarni amalga oshirish qaysi tizilmaga topshiriladi? 

Bu boradagi tashvish asossiz emas. Shveytsariya shunday yo‘llar bilan o‘g‘irlangan aktivlarni Qozog‘istonda ham gumanitar loyihalar bo‘yicha topshirgandi, ammo bu loyihalar Qozog‘iston rahbarining qizi Darig‘a Nazarboeva tomonidan tuzilgan hukumatga qarashli tashkilot nazorati ostiga tushdi.  Shunga o‘xshash hol O‘zbekistonda ham yuz bermaydimi?

Maktubdan Gulnora Karimovaning o‘z qilmishini anglagani va pushaymon ekani emas, balki faqat o‘z ozodligini savdolashishga urinayotgani ko‘rinib turibdi”, deya yozdi Ilhomov «Eltuz» uchun bergan izohida.

Eslatib o‘tamiz, Karimova uy qamog‘idan ayollar koloniyasiga o‘tgan yilning martida qaytarilgan edi.  Bosh prokuratura bayonotida ta'kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 1972 yilda tug‘ilgan Karimova Gulnora Islomovnaga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

O‘tgan yil davomida yuz bergan voqealar Gulnora Karimova ishi odil sudlovning amalga oshirilishi emas, balki hukumat va umidsizlikka tushgan Karimova o‘rtasida savdo bo‘layotgani anglatmoqda. 

Shunday qilib, 2019 yilning martida Karimova hibsga olinganidan so‘ng quyidagi holatlar yuz berdi:

1. Karimovaning Shveytsariyadagi advokati vazifasidan chetlatilishi va Shveytsariya sudi qarori bilan qayta tiklanishi Karimova aktivlarini musodara qilish va O‘zbekistonga  qaytarish jarayoniga xalaqit berdi. Bu narsa O‘zbekiston hukumatini g‘azablantirmasligi mumkin emas edi.

2. Yaqinda Karimovaga qarshi ikki tsement zavodi bilan bog‘liq ish qo‘zg‘atildi. Unga endi yangi jazo muddati tahdid solmoqda

3. Sobiq bosh prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevga nisbatan hukm o‘qildi.  Karimova o‘z maktubida haqli ravishda ta'kidlagandek, agar sobiq bosh prokuror va DXXning sobiq raisi qonunni buzganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, unda nega unga nisbatan tergovlarda adolat qoidalari buzilgani tan olinmayapti?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2020
Quyidagi maqola telegra.ph saytida e'lon qilingan. “Eltuz” bu maqola tarjimasini e'tiboringizga havola etmoqda. Iddao va taxminlar ustiga qurilgan bu ...
22 fevral 2022
O‘zbek amaldorlari va oilalarining o‘g‘riliklarini ko‘rib, hayratlanmay qo‘yganman. Lekin, har safar bunday yangilikka bir jirkanch, badbo‘y kayfiyat hamrohlik qiladi. ...
24 fevral 2021
Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek ayollari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada. “Mening ...
26 avgust 2019
Toshkent shahrida 23-24 avgust kunlari Shayxontohur tumani 4-ichki ishlar bo‘limiga «Malika» savdo majmuasidagi tayanch nuqtasiga soqolli erkaklar tutib keltirilib, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...