Catira
13 may 2020

Mirziyoev Ramatovni cho‘ktiradimi?

Sardobadagi falokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasining 7 may kuni e'lon qilingan tarkibiga Sardoba suv ombori loyihasining bosh quruvchisi, «O‘zgidroenergo» AJ raisi, senator Abdug‘ani Sanginov ham kiritilgan. Ammo ro‘yxatda suv ombori qurilishiga mas'ul bo‘lgan yana bir mulozim – bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov nomi yo‘q.

Bu holat ijtimoiy tarmoqda Ramatovning falokat uchun «gunoh echkisi» sifatida jazolanishidan darakligi bilan izohlanmoqda.

«Ishqilib, bir amallab Ochilboy Ramatovni ishdan olishmoqchi, shekilli? Og‘a, bu ketishda «o‘z arizangiz bilan» ishdan ketasiz-ov», deya yozdi feysbuk yuzeri qoraqalpoqlik Qadamboy.

Ramatov Mirziyoevning eng ishongan mulozimlaridan biri sanaladi. «Eltuz» uchun hajviy suratlar chizuvchi rassom Tuzga bu voqelik rus adibi Turgenevning “Mu-mu” hikoyasini eslatdi.

Voqea qahramoni, tabiatan mehnatkash Gerasim vaziyat taqozosi bilan o‘z suyukli kuchugini suvga cho‘ktirishga majbur bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
11 yanvar 2021
Surxondaryoda hayvonot bog‘i xodimlari kiyik go‘shtini Yangi yil dasturxoniga tortmoqchi bo‘lishgani borasidagi ayblovlarni Termiz shahri prokuraturasi o‘rganmoqda.  Prokuratura “Eltuz” ...
12 avgust 2019
«Tolibon» harakati rahbarining o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda oshig‘ich ehtirom bilan kutib olingani rasmiy Qobul e'tiroziga sabab ...
18 iyul 2016
«Adolat» gazetasini varaqlab, O‘zbekiston siyosiy hayotidagi navbatdagi o‘xshamagan parodiya, o‘zbekcha aytganda, o‘xshamagan taqlidga ko‘zingiz tushadi. Taqlidki, kulishni ham, yig‘lashni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...