Catira
2 iyun 2020

Hokim: “So‘xni dunyo xaritasidan o‘chiraman!”

Tarmoqda 2 iyun kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievniki deya ishonilgan audioyozuv tarqaldi. Unda davlat mulozimi “So‘x tumanini xaritadan o‘chirib qo‘yaman!” deya norozi fuqarolarga dag‘dag‘a qiladi.  

Bundan avval Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasi hududida suv ustida chiqqan janjal ortidan 1 iyun kuni So‘xga borgan bosh vazir Abdulla Aripovdan G‘anievning iste'fosini talab qilishgan edi.

Davlat xaritasiga o‘zboshimcha chiziq tortmoqchi bo‘lgan mulozimning gaplari tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yanada g‘azab bilan qarshi olindi.

“Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievning: «Kerak bo‘lsa So‘xni xaritadan ӯchirtirib tashlayman, Tojikiston bilan Qirg‘izistonga beraman», degan gapi agar ӯz tasdig‘ini topsa, u holda davlatni parokanda qilish istagi mavjud bӯlgan Farg‘ona «prezidenti» masalasi yuzasidan Ӯzbekiston prezidenti endilikda uni mukofotlash haqida ӯylashi kerak emas, balki dӯppini boshdan olib, jiddiy, boshqacha ӯylashga majbur bӯlishi shart.

Chunki aniq bir davlat tarkibiga kiradigan hududni boshqa davlatga berib yuborish bilan nafaqat viloyat hokimi G‘aniev, hatto Ӯzbekiston prezidenti Mirziyoev ham tahdid qilishga haqli emas.

Ӯzbekistonning taqdiri yer egasi bӯlmish tub xalq bir chekkada qolib, ӯzingdan chiqqan yovlarga, bir hovuch manmanlarga, ӯzibilarmonlarga, ӯzboshimcha shaxslarga qolgani ayanchli, albatta”, deya yozdi bloger Ro‘ziboy Azimiy.

«Eltuz»ga navbatdagi hajviy suratni jo‘natgan rassom Kirpi esa Farg‘ona hokimini 3-reyx harbiy kaskasida aks ettirdi.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 dekabr 2019
Samarqandga bag‘ishlab suratga olingan bu film rejissyor N.Gavryushkin tomonidan «Goskino»ning 3-fabrikasida 1930 yili ishlangan, 2011 yili esa bir guruh ...
28 sentyabr 2020
Vatanparvar yurtdoshimiz Aminboy Qodirov 27 sentyabr kuni Urganchning G‘oybu qishlog‘ida 81 yoshida olamdan o‘tdi. U hali SSSR bor paytda ...
16 noyabr 2016
O‘zbekistonlik 31 yashar yigit firibgarlikda ayblanib AQSh tarafidan xalqaro qidiruvga berildi. 2000 yilda Green Card yutib AQShda istiqomat qila ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...