Catira
29 sentyabr 2020

O‘qishga kirolmaganlar qaerga boradi?

Davlat test markazi 25 sentyabr kuni e'lon qilgan natijalarga ko‘ra, ariza topshirgan salkam 1 yarim million abiturientdan 140 ming 68 nafari talabalikka qabul qilingan.

Ko‘pchilik ota onalar va abiturientlar ijtimoiy tarmoqda aksariyat ichki ishlar xodimlari uchun ajratilgan imtiyozlar tufayli farzandlari to‘plagan ball grantga yetmaganidan, kontraktga esa pullari yo‘qligidan norozilik bildirishmoqda.

«Qiz jiyanim ingliz tili yo‘nalishida 160 ball to‘plab yiqildi. 160 ball 189 ballik tizimda 85 foiz. Jiyanim 85 foizlik natija bilan ingliz filologiyasiga 5 ta universitetning birortasiga kirolmadi. 5 taning ichida O‘zDJTUdan tashqari Jizzax va Buxoro universitetlari ham bor edi.

Bizda abiturientlarning bilim darajasi haqiqatdan ham ko‘tarilibdi. Bizning davrda xorijiy filologiyaga bemalol 70 foiz natija bilan kontraktga kirsa bo‘lardi.

Jiyanim esa endi «Bodo, bodo, bodo, kelin muborak» va «Kelibdi»ni eshitsa kerak. Baxtli bo‘l, jiyan!», deya yozdi feysbuk blogeri Firuz Aliev.

O‘zbekistonda 2021 yildan endi bojxona xodimlarining farzandlari tavsiyanoma bilan oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qishga tanlovsiz qabul qilinishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilingani haqida 17 sentyabr kuni O‘zA xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 oktyabr 2023
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi TV katta muharriri Muhiddin Sulaymonov Gitler fashizmi tarafdori ekanligini yozib chiqdi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Gitler ...
15 dekabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 14 dekabr kuni Jizzax shahrining Bobur maxallasida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida o‘qib berilgan MXX maktubi mazmunidan ...
11 may 2020
1994 yildan beri surgunda yashayotgan muxolifat lideri Muhammad Solih 10 may kuni o‘zining feysbuk sahifasida O‘zbekiston prezidenti iste'fosini talab ...
10 aprel 2021
Faloniy o‘ylar: nechun Tomni bosdi tog‘dek qor. Bir nayrang yetgan ko‘kka, Amerika aybdor. Sigir qochmas buqadan, Bolalar ayronga zor. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...