Catira
4 yanvar 2021

Pora haqida xabar berganga poraning 15 foizi beriladi

O‘zbekiston hukumatining 31 dekabrda chiqarilgan qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, korruptsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin.

Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Huquqiy axborot telegram kanali orqali xabar berdi.

Nizomga ko‘ra:

– korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar tegishlicha BHMning 3 baravaridan 25 baravarigacha (669 ming so‘mdan 5 mln 575 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin;

-agar pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, mukofot quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:

-ancha miqdor uchun – mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;

-ko‘p va juda ko‘p miqdor uchun – mulk qiymatining 10 foizi miqdorida;

-shaxs korruptsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shganligi uchun davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin;

-shaxslarni rag‘batlantirish masalalari korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi;

-maxsus komissiya qarori asosida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘a bilan taqdirlash haqida qaror 1 ish kunida chiqariladi;

-pul mukofoti xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 mart 2020
1965 yilning 8 marti. “Xorazm haqiqati” gazetasining birinchi varag‘ida oq xalat kiygan vrach ayolning yangi tug‘ilgan chaqaloqni osmonga ko‘tarib ...
14 noyabr 2018
Taniqli o‘zbek dissident adibi, 67 yashar Mamadali Mahmudov 13 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning «Gurung» loyihasi ...
17 noyabr 2021
15 noyabr kuni 76 yoshli Rustam Inoyatov hukumatdagi lavozimidan bo‘shatildi. MXXning (hozirgi DXX) sobiq raisi Inoyatov Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi ...
12 fevral 2019
Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan Lolazor mahallasidagi tarixiy binolarning yiqilishi va ular o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurilishi haqida uy egalariga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...