Catira
2 dekabr 2021

Urganchda Jaloliddin haykali yarim kechasi buzib tashlandi

1 dekabrdan 2 dekabrga o‘tar kechasi Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali buzib tashlandi. Haykal badiiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston xalq rassomi Ilhom Jabborov tomonidan 1999 yili hukumat qarori bilan tiklangan edi.

Bu haykalning buzib tashlanishi rossiyalik o‘rtamiyonadan ham past Aleksandr Ustenko va Vitaliy Kazanskiy ismli ikki «xalturshik» haykaltaroshning Jaloladdinning ot ustidagi haykalini tiklashi bilan bog‘liq.

Lekin mulozimlar eski haykal buzilishi haqida jamoatchilikka biror hujjat taqdim qilishmagan. Xalqdan bekitib, xalq puliga qurilgan haykal imi-jimida buzib tashlandi. Mirziyoev buzdirgan haykalni uning ustozi Karimov yasattirgan edi.

1999 yil 5 noyabr kuni Urganchda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tgan. Shaharda yubiley uchun Shovot kanali qirg‘oqlarini birlashtirib maxsus bunyod etilgan ansambl markazida Jaloliddinning qattiq materialdan ishlanib, ustiga mis qoplangan ulug‘vor haykalini Karimovning o‘zi ochgan edi.

Marosimda Karimov bu haykal o‘rnatilishiga hissa qo‘shganidan mamnunligini izhor qilgandi. Haykalni yasash Amir Temur siymosini yaratgan Ilhom Jabborovga topshirilishi ham prezident amri bilan bo‘lgan. O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev faoliyatida haykal o‘zgartirish bilan bog‘liq talay epizodlar bor.

1. 1993 yili u Ibn Sino haykali kallasini arra bilan kesib, boshi olingan Ulug‘bek haykaliga shaxsan o‘rnatgan.

2. Mirziyoev Samarqand viloyati hokimi bo‘lganida Registonda Abu Abdullo Rudakiyning to‘la bo‘yli granit haykali va Alisher Navoiy bilan Abdurahmon Jomiyning marmar haykali olib tashlangan edi.

3. Samarqand markazida avstriyalik mahbus arxitektor Eduard Rush tomonidan 1919 yilda qurilgan va SSSR davrida monumental plastika sohasining mamlakatdagi eng noyob namunalaridan biri deya qadrlanib, kataloglarga kiritilgan san'at asarini 2009 yili bosh vazir lavozimida bo‘lgan Shavkat Mirziyoev Toshkentdan maxsus kelib buzdirib ketgan edi.

Monument to‘rt tomonida to‘rt holatda aks ettirilgan qullar haykalidan iborat edi. Biri iztirob ichida, yana biri uyg‘onayotgan, yana biri umid bilan qaragan, yana biri esa yuzida mardlik aks etgan qullar.

Postamentdan o‘sib chiqqan ustun va uning ustidagi qubbaning to‘rt tomonida 4 ta bolacha haykali aks etgan, qubba ustida esa qo‘lini ko‘kka cho‘zgan va ozodlik timsoli sifatida keltirilgan ayolning mardonavor shakli qad ko‘targandi. Bu haykal Samarqand viloyati madaniy yodgorliklar boshqarmasi ro‘yxatiga kirgan bo‘lsa ham mavjud qoidaga zid tarzda buzib tashlangandi.

4. 2019 yili Toshkentdagi Alisher Navoiy haykalini parlament tarafga qaratib burib qo‘yish ham shaxsan Mirziyoev tashabbusi va elning katta mablag‘i evaziga amalga oshirilgan.

5. 2021 yilning 2 dekabrida Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali prezident topshirig‘i bilan buzib tashlandi. Navbatdagi buziladigan haykal Toshkent markazida, Oqsaroy oldidagi Islom Karimov haykali bo‘lishi lozim. Islom Karimov haykalining olib tashlanishi mantiq va tarixiy adolat talabiga mos bo‘lardi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 yanvar 2023
Rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, yetti yarim yilga yilga qamalgan Jizzax zamhokimi va sheriklari muddatidan oldin shartli ozod qilingan. (Agar ...
10 avgust 2018
Ozodlik radiosining maqolasiga javoban, 20 fevral kuni “Murad Building” shirkati rahbari, 35 yoshli Murod Nazarov o‘zining feysbukdagi sahifasida bayonot ...
17 fevral 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Kutilmagan taklif (Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonlarda)10 mart seshanba kuni ...
9 fevral 2017
Prezident Mirziyoev kunda-kunora turli uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Televidenie bu uchrashuvlarni qo‘ldan kelgancha qirqib, montaj qilib, amallab efirga uzatyapti. Ammo bosma ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...