Catira
22 aprel 2023

Rassom Tuz provintsial tsirk haqida

Agar, deylik, turk yozuvchisi O‘rxon Pomuq¸ Eron kinochisi Asgar Farhodiy  yoki Xitoy rassomi Chjan Syaogan Parijga kelsa, Frantsiya matbuoti ular tamsil qilgan mamlakatlar haqida yozgan bo‘lardi. Ammo «tonirovka tekin bo‘lsin» deya yozib, nomi to‘ytepada mashhur bo‘lgan o‘zbek blogerlari yoki palon pulga olgan kinosini o‘ziyam tomosha qilmagan Muxlisa qizaloqni  Parijga «apkirib» qo‘yilsa, na «yangi O‘zbekiston» va na «eski O‘zbekiston haqida «dunyo matbuoti» yozmaydi. Mabodo, nimadir deyishsa, «Parijdi ko‘rib, muzaymoq yeb ketgisi kepti-da» bu aboriygenlarni, deb qo‘yishadi Li Pen tarafdorlari bo‘lganlar. 

Darvoqe, Rassom Tuz bu ksenofob Marin Li Penni yomon ko‘radi. Gap Li Pen haqida emas. Gap jiddiylik haqida.  

To‘ytepada «ati chig‘gan» blogerning «Eyfel oldida rasmga tushib, Yelisey maydonidagi tosh yo‘lakni Olotdagi trotuardan yaxshi ekanini» aytishi «Yangi g‘oyalar generatsiyasi» emas. Shu bilan birga «o‘zbekistonlik» degan atamaning o‘zi –  mening nazarimda, rusiyzabon aholining noqislik kompleksi mahsuli. Germaniiyada vatandoshlik olgan barchaga nemis deyiladi¸ Frantsiyada esa frantsuz¸ Ispaniyada ispan¸ Saudiyada arab¸ Turkiyada turk¸ Portugaliyada portugal. 

Shu mantiqdan kelib chiqib O‘zbekistondagilar o‘zbek deyilishi kerak. Buni urug‘¸ qabila va etnos bilan bog‘lab «Chusovitina o‘zbek emas-ku» deyish primitivlikdir. Bunday qabilachilik Germaniya¸ Frantsiya¸ Ispaniya va sanaganim barcha davlatlar tarixida bor. «Men nemis emasman, saksoniyalikman» deydigan johillar Germaniyada ham talay. 

Ammo zanji ham¸ turk ham, To‘ytepadan borgan o‘zbek ham nemis pasporti olsa, millati degan joyiga «nemis» deb yoziladi. 

«Bu nemismas-ku¸ germaniyalik, desangiz bo‘lmaydimi?» desangiz, «biz bir marta kim nemis va kim germaniyalik ekanligi aniqlash uchun tsirkulda burun o‘lchash kabi yuzi qarolikni qilib pushaymon bo‘lganmiz», deyishadi. 

Aytmoqchi bo‘lganim, «etnik mansublik»dan xursand bo‘lish zinhor «yangi g‘oyalar generatsiyasi» bo‘la olmaydi. 

«Ana o‘zbek qizi Nyu York mirshabxonasiga ishga kiribdi. Faxrlanaylik» deyish esa nazarimda o‘zbeklarni kamsitishdan boshqa narsa emas. 

«Tonirovka tekin bo‘lsin» deya ati chiqqanlardan «fikr bobosi» yasash esa provintsial tsirk tomoshasidan boshqa narsa emas. 

O‘rxon Pomuq, Asgar Farhodiy, Chjan Syaogan kabi dunyo tanigan oydinlarni nega yetishtirib chiqara olmaganimiz haqida o‘ylab ko‘rsak bo‘larmidi?

@eltuz

Tag‘in o‘qing
26 mart 2020
«Vaqt mashinasi» rukni ostidagi bugungi hikoyamiz Rossiya istibdodi ostidagi Turkistonda ijtimoiy tanglik hukmron bo‘lgan davr – o‘tgan asr boshlarida ...
16 sentyabr 2019
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa, badavlat ...
2 mart 2017
1 mart kuni jurnalist Jamshid Karimov ruxiy hastaxonadan ozod qilindi. 49 yashar Jamshid o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom ...
4 yanvar 2021
O‘zbekiston hukumatining 31 dekabrda chiqarilgan qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, korruptsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar davlat mukofotiga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...