Catira
28 iyun 2023

Rassom Tuz: 200 million dollarni fortochkadan qanday irg‘itsa bo‘ladi?

Juda oddiy ekanligini tushuntirib berishdan oldin rasmiy xabarni ulashsam. Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev Navoiydagi «saylovchi» lar bilan betlashgan paytida mana bu gapni dedi:

“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirgan o‘g‘il-qizlarimizga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi.

“Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. 

Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi.

Endi bir sirni aytsam. O‘zbekistonda universitetga kirish qiyin, chet eldagi universitetlarga kirish oson, ammo bitirish qiyin. O‘zbek abiturienti so‘nggi 6 yildagi o‘zgarish bois darrov chet eldagi universitetga kira olmaydi. Xalqaro standartga ko‘ra, kamomadini o‘qib berish kerak (Karimov davrida xalqaro standart bor edi) Kamomadni o‘qigan student, aytaylik, Pragadagi Karlov universiteti cho‘pchak fakultetiga qabul qilinadi. Karlov univermiteti top 500-taga kiradi. Demak, o‘zbek student bola o‘qishga kirgani haqidagi «isprapka»ni oborib bersa, o‘zbek hukumati pulini to‘lab beradi. O‘qigani uchun yashash vizasi ham olgan bu o‘zbek «student» darsga bormay, uber taksi haydab O‘zbekistondagi enasiga pul jo‘natadi. Yaxshi o‘qimagani uchun uni cho‘pchakchilik fakultetidan haydashadi. U bir amallab ish vizasi qilib, Chexiyada qolib ketadi. Uber haydaydi, agar AQShda bo‘lsa, fura minadi. Balkim traktor haydar. Nima qilsa ham, undan o‘qimishli inson chiqib O‘zbekiston koriga yaramaydi. Unga berilgan pul esa xuddi fortochkadan otvorilgan musor kabi besamar bo‘ladi. O‘zbekiston, nima qilsang ham, o‘xshamaydigan jamiyat.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2017
Biz 2016 yil davomida o‘zbek matbuotini imkon qadar kuzatib borishga harakat qildik. Mazkur kuzatishlarimiz asosida matbuotimizning o‘tgan yilgi faoliyatini ...
26 noyabr 2021
Dramaturg Grigoriy Gorin 1972 yilda yozgan «Noming o‘chsin, Gerostrat» («Zabыt Gerostrata») asarini 1975 yilda Toshkent teatr va rassomlik instituti ...
22 aprel 2016
Xalqaro Inson huquqlari tashkilotlari ma'lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston musulmonlar diniy e'tiqodlari uchun ta'qib va bosimlarga uchrayotgan avtoritar mamlakatlardan biri sanaladi. ...
23 iyul 2017
Bundan yuz yil burun Turkistonda ro‘y bergan bu voqea mintaqaning bo‘lingan mamlakatlarida bugun turlicha talqin etiladi. Asli Toshkentda boshlangan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...