Catira
24 oktyabr 2023

Rassom Tuz: MTRKdan «Zig Xayl!!!»

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi TV katta muharriri Muhiddin Sulaymonov Gitler fashizmi tarafdori ekanligini yozib chiqdi.

U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Gitler suratini joylab: «Bu odam yaxshi ish qilgan ekan,» deb yozdi.

U joylagan suratga ilova qilingan matnda irqchilik, genotsid va antisemitzm olqishlangan.

Bundan oldin O‘Z MTRKning sobiq suxandoni, hozir diniy propaganda bilan shug‘ullanayotgan Abdukarim Mirzaev Gitlerni ulug‘lab post qoldirgandi.

Eltuz sal oldin O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (MTRK) tizimidagi korruptsiya ko‘lami haqida yozgandi.

Ammo O‘zbekiston aholisi fikru o‘yini shakllantirishni maqsad qilgan bu idoradagi jurnalistlarning O‘zbekiston konstitutsiyasi va qonunlarida qoralangan irqchilik va fashizmnng ochiq tarafdori ekani haqidagi bu fakt bizni taajjubga soldi.

Bezbetlarcha fashizm dohiysi Gitlerni yoqlab chiqqan redaktor Muhiddain Mahmudjonovich O‘zbekiston Milliy Universitetini xatm qilgan ekan.

Demak, bu plintusdan past irqchi universitetda tarix darsini o‘qimagan. Yana ham to‘g‘rirog‘i Universitetning o‘zida o‘qitish bilan muammo bor.

Eltuz tahririyatini fashizm targ‘ibotchisining MTRK tarkibiga qanday kirib qoldi degan savol qiziqtiradi.

Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, MTRK maishiy buzuqlik¸ ta'magirlikni kasb qilganlar bilan birga diniy ekstremizmni yoqlaydigan, Rossiya bosqinchiligini oqlab Putin va Gitlerga sajda qiladigan ma'naviy tuban va mavjud konstitutsiya dushmanlari bilan to‘lgan.

Aynan MTRKning viloyat tizimi raxbarlaridan biri o‘z xisobchisi bilan TV binosida besoqolbozlik bilan shug‘ullangani uchun qamalgan edi. MTRKda ishlagan o‘nlab xodimlar turli yillarda poraxo‘rlik, nomusga tegish, diniy ekstremizmda ayblanib jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tag‘in o‘qing
13 avgust 2024
Ukraina Rossiya hududlarini egalladi. Bangladeshda diniy nizolar kuchaydi. AQSh shimolida to‘fon. Yunonistonda o‘rmonlar yonmoqda. Shvedlarni so‘kkan o‘zbek mulla Abror Abdazimov ...
4 noyabr 2020
​Farg‘onada bir guruh ko‘ngillilar daydi it-mushuklar uchun maxsus joylar tashkil etilishini talab qilmoqdalar. Ularning fikricha, hayvonlarga mehrli munosabatda bo‘lish ...
10 noyabr 2017
Bu yil O‘zbekistonda majburiy terimchilar – pedagog, tibbiyot xodimlari va boshqa turli kasblardagi byudjet va xo‘jalik korxonalari xizmatchilari paxta ...
5 oktyabr 2023
Bundan 85 yil avval qonli bir tun bo‘ldi… «4 oktyabrdan 5 oktyabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...