Catira
30 iyul 2019

Kunlardan bir kun Karlovi Varida

Karlovi Vari o‘zbek amaldorlari va ularning banditlari uchun sevimli maskan. 2015 yilning yozi issiq keldi. Sobiq bosh o‘zbek menti Zokir Almatov liporodrenaj zalidagi marmar stolda yotar, toshkentlik mafioz Husan Moskovskiy unga shlangdan suv choptirardi. «Hayotimiz go‘zal», deya o‘yladi Almatov. Ular knedliklardan yeb, ustiga pivo ichib, tashqariga chiqishdi. Karlovi Varining bosh ko‘chasida o‘zbeklar somsa sotishardi. «Agar men bo‘lmasam, ular bu yerda shimildiriqniyam sota olmagan bo‘lishardi», kibr bilan o‘yladi general. U o‘n yil burun Andijon isyonini qanday bostirganini maroq bilan esladi. Shu payt o‘zbek uning yoniga kelib: «Zokir aka, somsadan oling», dedi. «Yo‘q, rahmat, mana o‘n yildirki, Andijon somsasiga allergiyam bor».

Rassom Tuz,
eltuz.com, 2015 yil 23 oktyabr

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2019
Farg‘ona viloyati hokimining inson huquqlarini buzishga qaratilgan xatti-harakatlari ortidan O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi buning natijasida jabr ko‘rganlarni ...
3 may 2023
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2022-yil sentabr oyida buxorolik ayol bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, jinoiy rejani oldindan rejalashtirgan.   Ayol ...
30 noyabr 2020
«Eltuz”ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarning xabar berishicha, kelayotgan dekabr oyida O‘zbekistonning kuchishlatar tizimlarida rahbarlar almashinuvi kutilmoqda. “Vazirlarni almashtirish ...
4 avgust 2018
«Aytdim-ku, yuqorining buyrug‘i bilan sizlarga shu ayblarni qo‘yishga majburmiz, deb. «Kim o‘sha yuqoring? Karimovmi?» Mening so‘nggi savolimga tergovchi Ilhom ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...