Catira
14 mart 2016

O‘zbek qamog‘idagi maxbuslar doimiy ochlikda yashaydilar

Maxbuslar hech qachon oziq ovqatni to‘liq olmaydi. Albatta olib qolishadi. Masalan, kiritgan choy, shakar-qand, sigaretlaringizni yarmini maxbusga beradi. 159 modda bilan qamalgan o‘zimning akam misolida ko‘rganman buni. Ming azob bilan, yalinib, yig‘lab, yana ustiga pora berib, ovqat kirgizsak, akamni tergovchi xonasiga chaqirib, ko‘zi oldida biz kiritgan ovqatni bermay, ustidan kulib, ovqatini yeb o‘tirishgan.

Buni akam sud paytida aytgan. Keyin sud vaqtida ham, maxbuslarni ertalabdan olib kelib, yerto‘lasiga tiqib qo‘yadi. Sud allaqachon boshlanib, qachon tugasa ham sudlanuvchilar och o‘tirishga majbur. Ba'zida bir mahal non va suv berishi mumkin, bo‘lmasa shu ham yo‘q.

Sud paytida qo‘riqchi mentlar og‘ziga kelgan summani so‘raydi. Bermasangiz tamom, yaqiningiz och qoladi. Masalan olgan ovqatingizni 5 beravar qimmat pora evaziga kiritasiz. Har bir sudlanuvchining stavkasi bor. 159 bo‘lsa, ishi og‘ir, balo-battar, deb, oddiy qorovuli ham falon puldan keladi. Bir xil ifloslari “dollarda berasan”, deydi.

O‘zbek maxbusining ovqatiga qamoq noziri sherik bo‘ladi. Hozir bundan ham battar bo‘lib ketgandir…

Rassom Elsevar
matn Dilobar Erkinzoda

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
24 yanvar 2017
«Hurriyat» gazetasi (18.01.) yangi prezidentning so‘nggi vaqtlardagi chiqishlaridan ilhomlanib, «Chapani chapdan turganda» (ruknning nomi) nimalarni aytib yuborishi mumkinligini hukumatga ...
12 fevral 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
21 aprel 2020
Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozning «Segoh»iyu «Suvoro»larini tinglab, shuurim doim boshqa taraflarga yo‘naladi… Alloh ruhiga rahmat aylasin, buyuk Hofiz dindor ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...