Catira
17 mart 2016

Qozoq vazir haykalning emchagini kesmoqchi

Bundan 11 yil oldin Ostonada o‘rnatilgan va Qozog‘istonlik talantli haykaltarosh To‘lepboy Erbo‘latning “Sevishganlar” nomli taxsinga loyiq asari muhofazakor fuqarolar e'tiroziga sabab bo‘lgan edi.

Hatto Ostonaning Sho‘ltoev degan yashovchisi haykalga kuylak kiydirib boshiga ro‘mol o‘rab qo‘ydi.

Bu e'tirozlar ortidan Qozog‘iston badiiy akademiyasi haykalni o‘rganib “Estetika va tasviriy san'atning mukammal namunasi” deya xulosa berdi.

Shunga qaramasdan Qozog‘iston madaniyat va sport vaaziri Arstanbek Muxamediuli yupun kiyingan ayol haykalining ortiqcha bo‘rtgan joylarini egovlab, randalash rejalanganini bildirdi.

FB blogeri Aygul Utepova johillar talabiga bo‘ysunish oqibatlari haqida yozadi: «Qozog‘iston asta sekin fashizm sari og‘moqda. Nurotan partiyasi a'zolari haykalni – san'atkor ijodini ‘randalamoqchi’. Ehtimol, hatto haykaltaroshning o‘zi ham bunga qarshi bo‘lmas».

Xozir AQShda yashayotgan toshkentlik rassom Sergey Ignatev bu xolatni salbiy qabul qildi:

«Ruhan hasta mulozim insoniyat nima xoxlashini yaxshi bilarmish. Agar uning didiga biron narsa yoqmasa hamma narsani vayron qilishga tayyor turibdi.

Ro‘mol kabi arzimas narsadan boshlanadi va pirovardida tarixiy yodgorliklarni portillatib vayron qilish bilan tugaydi. Eng muximi bu ovsar mulozimning nimani to‘g‘ri va nimani noto‘g‘ri deb bilishida», deb ta'kidlaydi rassom.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 mart 2016
Pul evaziga oyoq to‘pi o‘yinini spektaklga aylantirgan kelishilgan o‘yinlar qiroli Camvel Babayanni rassom Elsevar hajv qildi. Rassom Elsevar Eltuz.com
15 fevral 2022
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ...
2 noyabr 2021
2016 yildan buyon minglab odam ozod qilinganiga qaramay, O‘zbekistonda yana ikki mingga yaqin kishi siyosiy va diniy sabablarga ko‘ra ...
13 aprel 2023
Buyuk Chingizxonning uzilmas 23-avlodi sanalgan 106 yoshli Nasim Mirzo Chingiz (Naseem Mirza Changez) 2018 yilning 12 aprelida Eski Dehlida ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...