Asosiy mavzular
31 mart 2018

31 mart – ozarbayjonlar armanilar tarafidan qatliom qilingan kun

Ozarbayjonda 31 mart – «Ozarbayjonlar genotsid qilingan kun» sifatida rasman nishonlanadi. Bu fojea 1918 yili ro‘y bergan edi.

Shu kuni arman jangarilari aeroplanlar yordamida ozariy turk mahallalari ustiga bomba yog‘dirishdi. Kaspiy flotiliyasining ikki kemasi dengizdan turib shaharni to‘pga tutdi. Armani jangarilari musulmon mahallalariga kirib, tinch aholini beshikdagi bolasigacha o‘ldirib, mol-mulkini talon-toroj qildi.

Deyarli qurolsiz bo‘lgan musulmonlar oq bayroq ko‘tarib dashnoq jangarilaridan shafqat so‘ragani haqida ma'lumotlar bor.

Dashnoq armani jangarilari tarafidan musulmonlarni ommaviy qatliom qilish Boku gubernyasining boshqa nuqtalarida ham davom etdi.

Bokuga qilingan hujum bilan bir kunda aksar turkiy aholi yashaydigan Shamaxa va Kuba shaharlari ham arman terrorchilari tajovuziga uchradi.

12 mingga yaqin ozari turk qatl etilgan

Amazasp Srvantstyan ismli arman terrorchisi boshqargan otryad Kuba shahrini qirg‘inbarot qilgani va Kuba uezdidagi 122 musulmon yashaydigan qishloqqa o‘t qo‘ygani haqida ma'lumotlar bor.

2007 yili Kuba shahrida stadion qurilayotgan paytda armanilar qirg‘ini qurbonlarining ommaviy qabristoni topilgan.

400 ta jasad qoldiqlarining 50 tasi bolalar va 100 tasi ayollarga oidligi aniqlangan.

Tureli hisoblarga ko‘ra, Bokudagi arman genotsidi paytida 3 mingdan 12 mingga yaqin ozari turk qatl qilingan.

Amerikalik tarixchi M.Smitga ko‘ra, “arman dashnoqlarini jangari millatchilik mafkurasi harakatlantirgan”.

Britaniyalik tadqiqotchi Piter Xopkirkning yozishicha, armanlar iloji boricha ko‘proq musulmonlarni o‘ldirish uchun mart hodisalari paytida astoydil tirishgan:

“Armanlar o‘z eski dushmanlarining qochayotganini ko‘rib, qasos olish payida bo‘ldi. Shu bois, janglar shahardagi barcha musulmonlar qatl qilinguniga qadar davom etdi. Qirg‘inning beshinchi kuni qarshilikni to‘xtatgan shahar hali olov ichida edi. Ko‘chalar yarador musulmonlar va murdalar bilan to‘la edi”.

Shaharda birorta musulmon qolmagandi

Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, ozariy turklar ommaviy tarzda shaharlarni tashlab qocha boshlagan va bu qochish 5 aprelgacha davom etgan.

Britaniyaning Bokudagi vitse-konsuli mayor Makdonnelga ko‘ra, shaharda “birorta nufuzli musulmon qolmagan edi”.

Sovet Ittifoqi davrida “mart hodisalari”ni unuttirishga urinilgan. Arman gendotsidi paytida qurbon bo‘lganlar dafn etilgan qabriston sovet hukumati tarafidan buzib tashlanib, o‘rniga Kirov nomidagi park tashkil qilingan.

1998 yilda Ozarbayjon Respublikasida 31 mart “Ozarbayjonlar genotsid qilingan kun” deb rasman e'lon qilindi.

2012 yilning 27 martida AQShning Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo taqdimiga ko‘ra, shtat parlamenti 1918 yil mart oyidagi qirg‘in qurbonlarini xotirlar ekan, “Ozarbayjonlarni eslash kuni” degan rezolyutsiyani qabul qildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 sentyabr 2023
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina aravachali velosipeddan iborat edi. ...
12 may 2021
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani sudi 10 may kuni bloger Otabek Sattoriyni tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, 6,5 ...
17 may 2023
Bundan 10 yilcha oldin Pragada daryo toshib, uylarni g‘arq qiladi degan gapni ofatdan bir kun oldin aytishdi. Qiziq tuyg‘u ...
1 mart 2018
Respublika harbiy prokuraturasi rahbari o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Abdulhakimov iltimosnomasiga ko‘ra, mahkumlarni qiynab o‘ldirishda ayblanib 26 fevral kuni hibsga olingan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...