Asosiy mavzular
9 may 2023

9 may – Toshkent himoyasida mulla Alimqul og‘ir yaralandi

Qo‘qon xonligining Toshkent himoyasiga otlangan mulla Alimqul boshchiligidagi asosiy kuchlari 1865 yilning 9 mayida shaharni rus bosqinchilaridan tozalashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘sha kuni 40 ming nafarni tashkil etgan, jumladan, 40 ta zambarak va 10 ming nafar piyodadan iborat muntazam qo‘shin ertalab sahar rus bosqinchilariga qarshi hujumga o‘tishadi.

Shahar mudofaasida barcha zambaraklardan rus lagerlariga qarata yoppasiga o‘t ochiladi.

Ikki soatlik shiddatli janglarda rus bosqinchilari yakson qilinadi. Biroq jangda mulla Alimqul og‘ir yaralanadi.

Mulla Alimqulning og‘ir yaralangani haqidagi xabar va rus bosqinchilari hiyla yo‘liga o‘tib shaharga boradigan suv yo‘llarini to‘sib qo‘yib, mahalliy savdogarlarni o‘zlariga og‘dirishayotgani bilan bog‘liq muammolar shahar himoyachilari orasida parokandalik keltirib chiqara boshlaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 aprel 2018
O‘zbekiston Bandlik va mehnat vazirligining Tashqi migratsiya agentligi tomonidan Rossiyaga rasman ishga jo‘natilgan yigitlar odam savdosi qurboni bo‘lganini aytmoqda. ...
8 iyun 2016
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini masjidga kiritmaslik harakatlari davom etarkan, ramazon oylarida masjidlarda o‘qituvchilar navbatchilik iladigan bo‘ldi. «Yuqoridan shunday topshiriq berishdi», ...
25 aprel 2023
Eltuz kanaliga yetib kelgan videoda ikki nafar hijobli qiz 1 million sӯm qarzi bӯlgan boshqa bir qizning ustidagi kiyimini ...
21 aprel 2021
O‘zbekistonda Rassomlar kuni munosabati bilan bugun – 21 aprel sanasida rassom Elsevar do‘stlik hazili sifatida hamkasbi rassom Tuz rasmini ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...