Asosiy mavzular
20 mart 2019

20 mart – ”Lola inqilobi” yoki Qirg‘izistondagi ilk davlat to‘ntarishi

2005 yilning 20 mart kuni Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishi yuz berdi. Parlament saylovidan norozi bo‘lgan muxolifatchilar dastlab o‘zbeklar zich yashaydigan Jalolobod viloyatida hokimlikni, shahar ichki ishlar bo‘limi binosini, viloyat ma'muriy binolarini va aeroportni egallashdi.

Qirg‘izistondagi “rangli inqiloblar” seriyasidagi xalq g‘alayonlari tarzida yuzaga kelgan ilk siyosiy bo‘hronga 2005 yil fevral-mart oylarida o‘tgan navbatdagi parlament saylovidagi soxtakorliklar sabab bo‘lgan.

Hokimiyatdan norozi xalq parlament va hukumat binolariga hujum qilgan, natijada respublika prezidenti Asqar Akaev hokimiyatdan ag‘darilib, uning kursisini Qurmanbek Baqiev egallagan.

Prezident Akaev o‘sha paytda siyosiy g‘alayonga qarshi o‘q otilishiga ruxsat bermagani, hokimiyatdan ketishni afzal ko‘rgani aytiladi. Biroq ma'lumotlarda 4 shaxsning halok bo‘lgani, ichki ishlar xodimlaridan esa 15 kishining yaralangani keltiriladi.

Asqar Akaev Rossiyadan vaqtinchalik boshpana so‘rashga majbur bo‘ldi va hamon o‘sha yurtda umrguzaronlik qilmoqda.

Oradan besh yil o‘tib, uning o‘rnini egallagan Qurmanbek Baqiev qismati ham ayni shunday yakun topdi. 2010 yil aprel inqilobi uning rejimini ag‘dardi. Baqiev mamlakatni tashlab qochishga va Belarusdan boshpana olishga majbur bo‘ldi.

Vaqtli hukumat prezidentlikka Roza O‘tunboevani tayinladi, mamlakat janubida yashayotgan o‘zbeklarga qarshi eng qonli xunrezliklar tepasida o‘sha paytdagi davlat to‘ntarishidan manfaatdor kuchlar turgani aytiladi.

2011 yilgi saylovda esa qirg‘iz hukumati tepasiga Almazbek Atamboev keldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 sentyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 33-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Yozuvchi Temur Po‘latning ...
29 yanvar 2018
Prezident Mirziyoev qarori bilan militsiya organlarida shaffoflikni ta'minlash choralari ko‘rilmoqda. Prezidentning qaroriga ko‘ra, joriy yil 1 maydan boshlab IIV ...
20 mart 2020
18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 47 yoshli Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish ...
25 aprel 2019
Ciyosiy mahkum, buxorolik 35 yashar huquq faoli Humoyun Rahmonovning xalqaro jamoatchilikka yo‘llagan videomurojaati 23 aprel kuni tarmoqda e'lon qilindi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...