Video
6 aprel 2015

“Qaytar dunyo” – Karimov rejimi jazavada

O‘zbekiston Inson huquqlari markazi direktori Akmal Saidov deyarli 20 yildan buyon xalqaro tashkilotlarda Islom Karimovning himoyachisi bo‘lib chiqishlar qilib keladi.

Yaqin kunlargacha u buni, bir amallab bo‘lsada, uddalab kelgandi, O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli tanqidi qanchalik keskin yangramasin, u pinagini ham buzmasdan hammasini inkor qilib kelayotgan edi.

Endi esa Saidov baqirmoqda, ko‘pik sochib, jazavaga tushmoqda. Uning roli juda og‘ir kechmoqda. Niqobi torlik qilmoqda yoki, o‘z masxarabozligiga shunchalar berilganki, hatto o‘zi ham mutlaqo masxaraga sabab bo‘lmoqda.

Siyosiy melodrama Toshkentning o‘zida kechmoqda. Stsenariy shekspirchasiga dramatik – qirol ota malika qizidan g‘azabda.

Sohibjamol yig‘lamoqda, uning ustiga jo‘natilgan mirshablarga qarab bo‘kirishga urinadi. Va eng fojiali va ayanchlisi, u yordam va qo‘llashlarini so‘rab, otasi tomonidan zo‘rlangan va talangan oddiy xalqqa murojaat qiladi.

Biroq, melodramaga berilmang. Real odamlarni tinglang.

Jizzaxlik jurnalist, bugungi kunda Kanadada yashayotgan Ulug‘bek Haydarov, xanuzgacha 2006 yilgi mahkumligi paytida kechirgan qiynoqlari haqida tinchlanib gapira olmaydi.

Huquq himoyachisi, endilikda Germaniyada yashayotgan Umida Niyazova, 2007 yil, qamoqdaligida, eng dahshatlisi, uning hayoti qonun emas, allaqaysi odamlarning tasodifiy qarorlariga bog‘liq bo‘lib qolganini aytadi.

Biroq bu zo‘rovonlik, aftidan o‘zaniga qaytmoqda, eslaysizmi, Gugusha “qaytar dunyo” degan edi.

Saidov aqldan ozmoqda, Karimovning qizi esa karimov jahannami sari ketmoqda.

Qudrat Bobojonov

Tag‘in o‘qing
5 oktyabr 2023
Bundan 85 yil avval qonli bir tun bo‘ldi… «4 oktyabrdan 5 oktyabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla ...
18 iyun 2020
1989 yil may-iyun oylarida mahalliy o‘zbeklar bilan yuz bergan etnik to‘qnashuvlar davomida mesxeti turklari yashaydigan hududlar vayron etildi. Rasmiy ...
10 fevral 2017
Deputatlar ham kutib turgan ekan shekilli, prezidentning faol bo‘ling, degan topshirig‘idan keyin bel bog‘lab xalq bilan ham tillashishga tushib ...
2 may 2015
AQSh Davlat departamenti matbut vakili Jeff Ratke 1 may kuni Vashingtonda o‘tgan matbuot brifingida O‘zbekiston hukumatini uzoq yildan beri ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...