Asosiy mavzular
25 fevral 2017

To‘yda o‘pishgan kelin-kuyov tarmoq muhokamasida

Ijtimoiy tarmoqda o‘zbek to‘yidagi kuyovning kelindan bo‘sa olish an'anasi yuzerlar nafratiga duch keldi.

22 fevral kuni Feysbuk tarmog‘iga qo‘yilgan shunday videolardan birini 49 ming odam tomosha qilgan, 1123 yuzer ko‘chirib bosgan, 500 tacha izoh qoldirilgan.

Qaysidir viloyatda bo‘lgan ushbu to‘y sahnasi feysbuk yuzerlarining haqoratlari ostida qoldi.

«La'nat bo‘lsin», «Isqirtlar», «Avatarlar», «Dayuslar», «Xaromilar», «Sharmandalar» «Tentaklar», kabi so‘zlar izohlarning o‘zagini tashkil etdi.

Ahloq yuzasidan, bu izohlarni so‘zma so‘z keltirmaslikni lozim topdik va 1964 yili suratga olgan «yor-yor» filmida kelin kuyov o‘pishganini aks ettirgan taniqli kinorejissyor Ali Hamroevni suhbatga tortdik.

«Odamlar toqatsiz bo‘lib qolishgan…», deydi keksa kinorejissyor.

Ali Hamroev o‘zbek millati umumiyatla madaniyatli millat ekanini, biroq bugungi yoshlar o‘zgacha madaniyatlarga toqatsizlikni ko‘proq Internetdan olayotganini aytadi…

«Allaqachon yoshlarni ota onalari emas, Internet tarbiyalamoqda. Ular kino yulduzlari, boylar qanday yashayotganini, qanday kiyinishayotganini ko‘rishadi. Ularda eskicha odatlarga nafrat paydo bo‘ladi. Unisi emas, bunisi yaxshidek tuyuladi. Yangi davr insonlarning tasavvurlarini qattiq sindiradi».

Taniqli rejisser shuningdek eskicha to‘ylardagi samimiy an'analar unga ko‘proq yoqishini aytadi.

Uning fikricha, yoshlar o‘z miyasiga singdirilgan, yo‘q yerdagi dabdabali hayotga taqliddan ko‘ra, o‘z tanmahramiga kerakli uy jihozi yoki hech bo‘lmasa samimiy bir bo‘sa hadya etishi haqida ham o‘ylashi lozim.

Video: https://youtu.be/9gPSsHmvFWM

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2016
1995 yilning 26 iyunidan beri O‘zbekiston MXX raisi lavozimini egallab kelayotgan 72 yashar Rustam Inoyatov Karimov o‘rtadan ketishi bilan ...
12 sentyabr 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida Do‘stnazar Xudoynazarov tovuq kabob qanday tayyorlanishini namoyish qiladi. Bu galgi video Shvetsiyaning so‘lim tabiati fonida ...
23 oktyabr 2015
Agar siz jurnalist bo‘lsangiz? Faol aktivist bo‘lsangiz? Yoki oddiy fuqaro bo‘lsangizu O‘zbekistonda yashashasangiz? – u holda o‘zingizni huquq tartibot ...
9 iyul 2018
(fermer xo‘jaligi ishchisining hikoyasi) Xorazmlik Hasanboy fermer xo‘jaligida ishlaydi. Umri dalada o‘tgan, desa ham bo‘ladi. Ma'lumoti o‘rta. Shunday bo‘lsa-da, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...