Video
27 aprel 2017

Faollar Karimovga haykal qo‘yilishini qoraladi

Karimov nomini abadiylashtirish qarori bo‘yicha tanlov yakuniga ko‘ra, haykaltarosh Ilhom Jaborov uning haykalini barpo qiladigan bo‘ldi.

U ilgari Amir Temur haykalini yasaganidan keyin u Karimov bilan haykaltaroshlik borasida bahsga kirishganiden keyin diktator g‘azabiga duchor bo‘lgandi.

Ustidan jinoiy ish ochilib, mol mulki musodara qilingan.

Haykaltarosh keyingi 5 yil mobaynida tog‘larga chiqib ketib, bol yetishtirish bilan kun ko‘rib yurgan.

Karimov o‘limidan so‘ng Jabborov yana ijodga qaytdi. Taqdir taqozosi bilan Karimovning haykalini yasash tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovda turli mamlakatlardan jami 58 haykaltarosh 68 yodgorlik loyihasini taqdim etishgan.

Kimlar uchundir bu madaniy jarohatdir

Dmitriy Tixonov
huquq faoli

Eltuz nashri Karimov nomini abadiylashtirish g‘oyasi haqidagi faollar fikrini o‘rganishda davom etadi.

Bugun Germaniyada yashayotgan huquq faoli Dmitriy Tixonovning fikricha, «Karimovga qo‘yiladigan har bir haykal kim uchundir madaniy jarohatdir».

2015 yilning oktyabrida uning uyiga o‘t qo‘yilgan, uy jihozlari, jumladan kompyuter va orgtexnikasi yonib kul bo‘lgan edi.

Tixonovning hamkasblari bu hodisani uning inson huquqlari faoliyati bilan bog‘lashadi.

O‘zbekistonda majburiy mehnatga monitoringi bilan shug‘ullanib kelgan Tixonov keyinchalik Germaniyaga ketishga majbur bo‘lgandi.

Lenin va Stalin haykallari kabi qulatiladi

Dilobar Erkinzoda
«Qo‘rqmaymiz!» guruhi yetakchisi

Boshqa bir huquq faoli, bugun Shvetsiyada yashayotgan Dilobar Erkinzoda ham hukumatning Karimov nomini abadiylashtirish qaroriga qarshi ekanligini aytadi.

Uning akasi Iskandar Xudoyberganov uydirilgan ayblar bilan 17 yildan buyon Jasliq qamog‘ida qolmoqda.

Uning fikricha, Karimov nomini abadiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning hammasi vaqtinchalikdir.

«Huddi mana shu sobiq sovet davridagi Lenin, Stalin haykallari qanday qulatilgan bo‘lsa kabi, Karimovga qo‘yilgah haykallarni ham shunday qismat kutayotganini hozirgi hukumat ham bilishi kerak», deydi u.

O‘zbekiston tarixidagi qop-qora dog‘

Abdulla Abdurazzoq
ziyoli olim

17 yildan buyon Norvegiyada yashayotgan 73 yoshli olim Abdulla Abdurazzoq ham, «abadiylashtirish jarayoni uzoqqa cho‘zilmasligini» aytadi.

U O‘zbekistonda «Erk» Demokratik partiyasiga bosimlar kuchayganidan so‘ng mamlakatni tark etgan edi.

«Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston tarixiga qop-qora bir chirkin dog‘ bo‘lib tushgan shaxsdir», deydi Abdulla Abdurazzoq.

Hukumatning Karimov nomini abadiylashtirish qarorini, bundan ilgari shoir Jamol Kamol, bastakor Zohid Haqnazarov, filosof olim Bahodir Musaev, yozuvchi G‘afur Yo‘ldoshev, o‘zbekistonlik faol Anvar Xusainovlar ham qoralab chiqishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 dekabr 2021
Mahalliy mulozimlarning «qabr biznesiga» aylantirilgan Xo‘jaylidagi Xalifa Erajab masjidi va Mazdakxon maqbarasini vandallardan himoya qilishni O‘zbekiston sport va turizm ...
16 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
18 dekabr 2023
Shunday qilib X Factor ning eng kuchli uchligi ma'lum bo‘ldi. 17 dekabr kuni finalistlar Hayriniso Akbarova, Javlon Safaev va Shoxruhxon Halimxonovlar g‘oliblik ...
17 mart 2020
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...