Asosiy mavzular
2 avgust 2017

Kichik Karimov: Aslida katta o‘g‘rilar bugun hokimiyat tepasida

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Islom Karimov Bi Bi Si muxbiriga bergan intervyusida bobosidan keyin hukumatga kelganlarni aybladi.

Marhum prezidentning arzandasi onasi Gulnorani oqlashga harakat qilarkan, bugun hukumat tepasiga kelganlarning 2-3-4 milliardlik o‘g‘irliklari borligini aytdi.

U shuningdek, hukumatdagi har bir vazir, kuch tizimidagi amaldorlar yuzasidan hujjat to‘plashayotganini bildirdi.

Yarim soatlik intervyusida Bi Bi Si jurnalisti Ibrat Safo Islom Karimovga mavzuni eslatib, oyisining mablag‘lari, uylari, mashinalariga oid keskin savollar berdi.

Karimovning bildirishicha, bu mulklar qisman bobosining sovg‘asi, shuningdek bugungi mulozimlarning prezidentning qiziga «hadyalari»dir.

U ayni paytda bobosi yaratgan tizimning bugun ham ishlayotganini aytdi.

«Nega hech kim Beverli Xillsdagi 50 million, 80 million turadigan uylarni so‘ramaydiyu, mana bu 10 millionlik uyni so‘rashadi», dedi Karimov, xolasi Lolaning Kaliforniyadagi qasriga ishora qilib.

Shuningdek u, onasiga qarshi ko‘rgazma berayotganlarni sudga tortish rejasini ochiqladi.

Eltuz nashri Karimovning ayni shu iddaolarini bir minutlik videoga jamladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 yanvar 2020
Agar sizga yaqin bir necha oy ichida O‘zbekistonga borish nasib etsa, ko‘proq uch narsa haqida eshitishingizga to‘g‘ri keladi.  Mulozimlar ...
5 fevral 2016
Aramais va uning sheriklari ustidan sud tugadi. Hukmni kutish qoldi. Prokuror unga 18 yil so‘radi. 2015 yilning 4 sentyabrida, ...
22 yanvar 2018
52 kishining hayotiga nuqta qo‘ygan avtobusdagi yong‘indan 4 kun o‘tib o‘zbekistonlik muhojirlar yana qozoq dashtlarida muammoga duch keldi. 41 ...
20 iyul 2016
19 iyul kuni «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Matbuot xizmati taniqli xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi tugatilganini ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...