Catira
7 sentyabr 2017

O‘zbek tomoni tag‘in «Do‘stlik» KPPdan o‘tishni chekladi

7 sentyabr kuni, «Do‘stlik» KPPning rasmiy ochilishidan bir kun o‘tib, o‘shlik huquq himoyachisi Izzatulla Raxmatullaev chegaraning yana yopilgani haqida yozdi.

«Tamom. Kino tugadi. Bugundan o‘zbek tomoni to‘y, yoki dafn marosimiga telegramma talab qila boshladi. Xalqni yana qancha kalaka qilish mumkin», deb yozdi u «Eltuz» muxbiriga.

«Men ertalab soat 9.30 da (chegaraga) borsam, 500 dan ortiq odam turibdi. O‘zbekiston taraf avvalgidek telegramma talab kilayapti».

Izzatulla Raxmatullaev «Eltuz» muxbiriga shuningdek, odamlar orasida ertalab soat 5 dan Aravon, Qorasuv, Novqat va O‘zgan tumanlaridan kelib navbat olganlari borligini bildirdi.

6 sentyabr kuni O‘sh va Andijon viloyatlari orasidagi uchastkada «Do‘stlik» nazorat punkti yana bir bor ochildi.

Ochilish marosimida Qirg‘iziston va O‘zbekistonning oliymaqom mulozimlari qatnashgan, chegarada to‘plangan odamlarning quvonchli gulduros qarsaklari ostida ikki qardosh xalqning do‘stligi haqidagi nutqlar o‘qilgandi.

So‘nggi yillarda «Do‘stlik» KPP bir necha bor ochildi, so‘ng esa o‘zbek tomonidan yopib qo‘yildi. «Ikki qardosh xalqlar»ning chegarasidan o‘tishga cheklov qo‘yildi va o‘tishga faqat to‘y yoki dafn marosimi haqidagi telegramma bilangina ruhsat beriladigan bo‘ldi.

So‘nggi yillarda Karimov qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni buzishda nom chiqardi, biroq Mirziyoev iqtidorga kelishi bilan munosabatlar yaxshilana boshladi va u tashrif bilan Qirg‘izistonga va Qozog‘istonga bordi.

«Karimov hayotlik chog‘ida qo‘shnilar bilan munosabatni yaxshilash imkonsiz bo‘lganmidi?» – deya savol bilan yuzlanadi rassom Tuz.

PS: O‘shlik jurnalistlarning xabar berishicha, soat 13 larda o‘zbek chegarasini baribir ochishgan. Yana yopilmasligidan umid qilamiz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 oktyabr 2015
Assalomu alaykum aziz hamyurtlar! Men bu voqeani sizlarga aytmasam bir umr bo‘ynimda qarz bo‘lib qoladi. Shu sababli uzoq o‘ylab ...
4 yanvar 2017
Ukrain xalq artisti, “Verka Serdyuchka” taxallusi bilan sharaflanadigan 44 yashar Andrey Mixaylovich Danilko yangi yilni Toshkentda qutladi. Danilko Toshkentdagi ...
8 sentyabr 2016
8 sentyabr kungi Senat majlisida O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Rossiyaning Interfaks ...
9 avgust 2018
Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish instituti oldidagi chinorlarning bir nechasi ham tuman obodonlashtirish idorasi tomonidan kesib tashlangan. Rassom Tuz 2015 ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...