Video
2 dekabr 2017

Sheralini o‘n yilga qamatgan ayol kasalmi? (video)

1 dekabr kuni Toshkent shahri sudida odam savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan 28 yashar Sherali Mahmudov shikoyati bo‘yicha appelyatsiya sudi boshlandi.

Da'vogar, toshkentlik 37 yashar Sevara G‘ulomova tomonidan sudda hech kim qatnashmagan, biroq appelyatsiya hay'ati ayblanuvchi tomon Sherali Mahmudovning keltirgan dalillarni tinglagan.

G‘ulomova Istanbulning Bojilar mahallasida 2016 yil oxirida 3 oy jinsiy qullikda ushlaganini aytib Mahmudovni sudga bergan, 17 oktyabr kuni Mahmudov 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Appelyatsiya shikoyatiga ko‘ra, sud ayblov tomoni da'vosiga tayanib, dalil va hujjatlarni chuqur o‘rganmasdan Mahmudovga nisbatan asossiz hukm chiqargan.

Sergeli tumani sudyasi Muzaffar Qo‘qiev 17 oktyabrda chiqargan hukmda Mahmudov Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha, ya'ni odam savdosida ayblangan.

Mahmudov «bachadon saratonidan davolanish uchun Turkiyaga borgan Sevara G‘ulomovani fohishalikka majburlaganligi» aytiladi, jumladan, sud hukmida.

«Eltuz» muxbiri bilan gaplashgan tekstil fabrikasi xodimlari Mahmudovning «odam savdosi» yoki «fohishafurushlik»ka hech bir aloqasi yo‘qligini aytishdi.

«Eltuz» nashrining Turkiyada o‘tkazgan surishtiruvi voqeaning ko‘proq oilaviy mojaroga yaqinligini ko‘rsatmoqda.

Mahmudovning yaqinlari «Eltuz»ga davogarning «o‘ynashi» bo‘lgan Alisherni rashk qilib, uning ukasi Sheralidan qasd olganini bildirishmoqda.

G‘ulomovaga tegishli ekani aytiladigan, davogarning yaqinlariga jo‘natilgan SMSlarda ham uning jazmanidan qasd olganiga ochiq ishoralar bor.

Shuningdek, mahkum tomoniga ko‘ra, ayolning Turkiyaga bachadon saratonidan davolanishga borgani haqidagi iddaosi ham yolg‘on.

U sudga taqdim qilgan hujjat faqat shaxsning tekshiruvdan o‘tganligi haqida ma'lumotnoma bo‘lib, bu kasallik tashxisi emas.

«Eltuz» nashrining Turkiyadagi onkologiya kasalxonasidan olgan hujjatda ham G‘ulomovaning Turkiyada davolanmaganligi aytiladi.

Sudning keyingi majlisi 12 dekabrga belgilandi. «Eltuz» nashri voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 fevral 2019
O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev xorazmlik jurnalistlar Bobojonovlar shikoyati bo‘yicha 1 fevral kungi sud ajrimi bilan ularning uylarini musodara ...
8 fevral 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 2023 yil, 7 fevral, 31-sonini taqdim etadi. Video: https://youtu.be/_2y4TWkDvgI
17 mart 2023
1991 yilning 17 martida Islom Karimov boshchiligidagi O‘zkompartiya SSSRni saqlash uchun 93,7 foiz ovoz tashkil qilib bergan edi. Referendumga ...
5 aprel 2016
3 aprel kuni O‘ktam Pardaev uyining darvozasi oldida, oq rangdagi, nomeri 25 B 239 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumidagi avtomobil ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...