Video
14 fevral 2018

Turkmaniston prezidentining kuyovi 1 million dollarlik soatlarni qaerdan olgan?

Turkmaniston prezidentining kuyovi, 28 yoshli Ibabekir Bekdurdiev (Guga) 1 million dollardan ortiq narxdagi qo‘l soatlari taqadi.

Ularni taqib, o‘zining instagram sahifasida maqtanadi.

«Bu faqat bizning baholay olganimiz, xolos», deydi Guganing soatlari narxi yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan ATN (Alternative Turkmenistan News) nashri jurnalistik guruhi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 26 yanvar kuni hukumat yig‘ilishida «Men hech kimning xalq pulini o‘g‘irlashiga, xalq hisobidan boyishiga yo‘l bermayman!» deya bayonot bergan edi.

Biroq haqiqatan shundaymi? Agar Berdimuhammedov hech kimning xalq hisobidan boyishiga yo‘l bermayotgani rost bo‘lsa, u holda bu qimmatbaho soatlarni prezidentning arzanda kuyovi qaerdan olgan?

«Eltuz» nashri ATN izni bilan prezident kuyovining soatlari haqidagi videoni o‘zbekchaga o‘girdi.

Video: https://youtu.be/2rY0tZsH2nY

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 oktyabr 2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Frantsiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Frantsiyaga ...
22 sentyabr 2016
Qishloq xo‘jaligidan yiroq turli kasbdagi odamlar, nafaqat o‘z oilasi va ishini tashlab dalaga chiqishi, balki bu haqda gapirmasliklari, shikoyat ...
5 aprel 2023
O‘zbekiston Oliy sudiga Xorazm viloyati adliya boshqarmasining sobiq boshlig‘i Aybek Masharipov va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Anvar Kuryazovga ...
12 yanvar 2023
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siyosiy arbobi, diplomat, ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...