Asosiy mavzular
26 sentyabr 2018

Video: Rauf Parfi yubileyi choyxonada nishonlandi

Bir guruh o‘zbek ziyolilari 25 sentyabr kuni marhum o‘zbek shoiri Rauf Parfining 75 yillik yubileyini o‘tkazish uchun Toshkentdagi «Shosh» choyxonasiga yig‘ilishdi.

Soat 16.00 da boshlangan tadbirda 30-35 nafar shaxs qatnashdi. Davrani shoir Usmon Azim olib bordi. Tadbirning ikkinchi qismi mushoira shaklida o‘tdi. Mushoiraga shoir Javlon Jovli mezbonlik qildi.

Tadbirda yozuvchi Nurilla Otaxonov, Nabijon Boqiy, shoir Shukur Qurbon, Zarif Sultoniy, bloger Bobomurod Abdulla, adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev, Baxtiyor Isabekov, shuningdek, Rauf Parfining yaqin qarindoshlari, ayollari, qizlari ishtirok etdi, deya xabar berdi tadbirda ishtirok etgan «Eltuz» muxbiri.

Shuningdek, «Eltuz» muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, belgilangan tadbir birin-ketin ikki marta taqiqlanganidan so‘ng tashkilotchilar yig‘ilish joyini tarmoqda ochiqlamaslikka, bir-birlariga bu haqda telefonda bildirishga kelishishgan.

Rauf Parfi tug‘ilgan kunga bag‘ishlangan anjuman avvaliga Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona, keyin esa Oybek nomidagi uy muzeyi tomonidan bekor qilingan edi.

Davlat muassasalari tomonidan tadbirning taqiqlanishi ortidan 20 sentyabr kuni Rauf Parfi izdoshlari tarmoqda #parfiyamaniya xeshtegi ostida aktsiya boshlashgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 may 2023
O‘zbek badiiy kinosiga asos solgan Yo‘ldosh A'zamov 1909 yilning 10 mayida Sirdaryoda tug‘ildi. Yo‘ldosh A'zamov «Sovkino», «Vostokkino», «O‘zbekfilm»larda ishladi, ...
30 avgust 2018
Karimov davrida O‘zbekistonda kontsert faoliyati taqiqlangan Rossiyalik qo‘shiqchi Iosif Kobzon 30 avgust kuni 80 yoshida o‘ldi. O‘zbekistonda “kriminal avtoritet” ...
27 aprel 2023
O‘lmasni xudoy, sinmasni kulol yaratmas. Odam ham qariydi. Shu bois pensiya yoshi belgilangan. Ëshi bir joyga borgan odam davlatni ...
16 avgust 2018
2016 yil fevralida ovqatlanish madaniyatini sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllantirishga qaratilgan «To‘g‘ri ovqatlanish darslari» dasturi doirasida ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...